Londonning «Chelsi» klubi Enso Mareska uchun «Manchester Siti»dan pul tovoni (kompensasiya) talab qilmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Chelsi» rahbariyati «shaharliklar»dan moliyaviy tovon puli undirmoqchi. Faqat shundan keyingina Mareskaning klub bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga yashil chiroq yoqiladi (ruxsat beriladi).
Ta’kidlanishicha, italiyalik mutaxassis «Manchester Siti» bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida to‘liq kelishuvga erishib bo‘lgan. Ayni paytda huquqshunoslar vaziyatni hal qilish ustida faol ish olib borishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq Xosep Gvardiola o‘n yil davomida faoliyat yuritgan «Manchester Siti» klubini tark etishini e’lon qilgandi.













