Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/06 19:30 Bunyodkor 0-3 Neftchi
02/06 00:00 Borussiya D 0-2 Real Madrid
02/06 19:00 Andijon - Paxtakor
02/06 19:30 Nasaf - Lokomotiv
02/06 21:00 Atalanta - Fiorentina

APL: 25-tur hayratlari

APL: 25-tur hayratlari

Baho:
+ | -

Angliya premyer ligasining 25-tur uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qiziqarli o‘yinlarni kuzatdik.

Masalan, “Chelsi” safarda durang o‘ynadi. “Arsenal” o‘z uyida g‘alaba qozondi.

Shuningdek, markaziy o‘yinda “Tottenxem” “Liverpul”ga yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, “Manchester Siti” safarda g‘alabaga erishdi. “Manchester Yunayted” ham ishonchli tarzda 3 ochkoli bo‘ldi.

Ikki daqiqalik o‘yin

“Tottenxem” jamoasi safarda “Liverpul” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va mag‘lubiyatga uchradi. Markaziy uchrashuvda Sadio Mane ikki daqiqada ikkita gol urib, jamoasi uchun muhim g‘alabani olib berdi. Ushbu natijadan keyin mersisaydliklar 5-pog‘onada qolishdi.

11 fevral. Liverpul. "Enfild" stadioni. 53159 tomoshabin.
Bosh hakam: Entoni Teylor (Manchester).
“Liverpul” – “Tottenxem” - 2:0
Gollar: Mane, 16 (1:0). Mane, 18 (2:0).

“Arsenal”dan g‘alaba

“Arsenal” jamoasi o‘z maydonida “Xall Siti”ga qarshi maydonga tushdi va g‘alaba qozondi. “Manchester Yunayted” va “Liverpul” jamoalari eplolmagan ishni Aleksis Sanches uddalab, dubl qayd etdi va to‘purarlikda peshqadamga aylandi.

11 fevral. London. "Emireyts" stadioni. 59962 tomoshabin.
Bosh hakam: Mark Klattenburg (Nyukasl-apon-Tayn).
“Arsenal” – “Xall Siti” - 2:0
Gollar: Sanches, 34 (1:0). Sanches, 90+3 - penaltidan (2:0).

“Chelsi” ochko yo‘qotdi

“Chelsi” jamoasi safarda “Bernli”ga qarshi o‘ynadi va ushbu markaziy o‘yinda jangovar durang qayd etildi. O‘yinda Pedro hisobni ochgandi, lekin Bredi ajoyib zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Londonliklar hamon peshqadamlikni saqlab turishibdi, ammo oradagi farq qisqarib bormoqda.

12 fevral. Bernli. "Terf Mur" stadioni. 21744 tomoshabin.
Bosh hakam: Kevin Frend (Lestershir).
“Bernli” – “Chelsi” - 1:1
Gollar: Pedro, 7 (0:1). Bredi, 24 (1:1).

“Man.Siti”da ham g‘alaba

“Bornmut” jamoasi o‘z maydonida “Manchester Siti” klubiga qarshi maydonga tushdi va mag‘lub bo‘ldi. Mazkur o‘yinda Gvardiola shogirdlari mezbonlarga deyarli imkoniyat qoldirmadi. Ushbu natijadan keyin ular 2-o‘ringa ko‘tirilib olishdi.

13 fevral. Bornmut. "Vitaliti Stedium" stadioni.
Bosh hakam: Nil Suorbrik (Lankashir).
“Bornmut” – “Manchester Siti” - 0:2
Gollar: Sterling, 29 (0:1). Mings, 69 – o‘z darvozasiga (0:2).

“Manchester Yunayted” va 6-o‘rin

“Uotford” jamoasi safarda “Manchester Yunayted” klubi mehmoni bo‘ldi va qiyin kechgan uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Xuan Mata va Marsyalning gollari “qizil iblislar”ga g‘alaba keltirdi, ammo ular hamon 6-o‘rinda turishibdi.

11 fevral. Manchester. "Old Trafford" stadioni. 75301 tomoshabin.
Bosh hakam: Robert Medli (Yorkshir).
“Manchester Yunayted” – “Uotford” - 2:0
Gollar: Mata, 32 (1:0). Marcyal, 60 (2:0).

Chempionlarga ne bo‘ldi?

“Suonsi” jamoasi o‘z uyida “Lester”ni qabul qildi va g‘alabaga erishdi. O‘yin taqdiri birinchi bo‘limning o‘zidayoq hal bo‘ldi. “Lester” endi tobora pastga sho‘ng‘ib ketmoqda. Lekin Ranyeri klubni premyer ligada olib qolishga va’da berdi.

12 fevral. Suonsi. "Liberti" stadioni. 20391 tomoshabin.
Bosh hakam: Jonatan Moss (Yorkshir).
“Suonsi” – “Lester” - 2:0
Gollar: Mouson, 36 (1:0). Olsson, 45+2 (2:0).

Qolgan-qutganlar

11 fevral. Sanderlend. "Stadium of Layt" stadioni. 39931 tomoshabin.
Bosh hakam: Pol Tirni (Lankashir).
“Sanderlend” – “Sautgempton” - 0:4
Gollar: Gabbyadini, 30 (0:1). Gabbyadini, 45 (0:2). Denayer, 88 – o‘z darvozasiga (0:3). Long, 90+2 (0:4).

11 fevral. London. "Olimpiyskiy" stadioni. 56983 tomoshabin.
Bosh hakam: Maykl Oliver (Nortumberlend).
“Vest Xem” – “Vest Bromvich” - 2:2
Gollar: Shodli, 6 (0:1). Feguli, 63 (1:1). Lansini, 87 (2:1). Evans, 90+4 (2:2).

11 fevral. Midlsbro. "Riversayd" stadioni. 31496 tomoshabin.
Bosh hakam: Mayk Din (Xesvoll).
“Midlsbro” – “Everton” - 0:0

11 fevral. Stok-on-Trente. "Britannia" stadioni. 27007 tomoshabin.
Bosh hakam: Martin Atkinson (Lids).
“Stok Siti” – “Kristal Pelas” - 1:0
Gol: Allen, 67 (1:0).

Tur jazolari

25-turda hakamlar tomonidan futbolchilarga 39ta sariq va 1ta qizil kartochkalar ko‘rsatildi.

25-tur: “eng, eng, eng...”

Eng ko‘p gol urgan futbolchilar
Sadio Mane – 2ta (“Liverpul” – “Tottenxem”)
Manolo Gabbyadini – 2ta (“Sanderlend” – “Sautgempton”)

Eng tezkor gol
Nosir Shodli – 6-daqiqa (“Vest Xem” – “Vest Bromvich”)

Eng ko‘p sariq kartochka ko‘rsatgan hakam
Entoni Teylor – 8ta (“Liverpul” – “Tottenxem”)

Eng kam sariq kartochka ko‘rsatgan hakamlar
Robert Medli – 1ta (“Manchester Yunayted” – “Uotford”)
Pol Tirni – 1ta (“Sanderlend” – “Sautgempton”)

Eng ko‘p tomoshabin
“Old Trafford” stadioni — 75301 tomoshabin

Eng kam tomoshabin
“Liberti” stadioni — 20391 tomoshabin

Golurarlar

17ta Aleksis Sanches (“Arsenal”, 2)
16ta Romelu Lukaku (“Everton”)
15ta Zlatan Ibrohimovich (“Manchester Yunayted”, 1), Diyego Kosta (“Chelsi”)
14ta Jermeyn Defo (“Sanderlend”, 5), Harri Keyn (“Tottenxem”, 4)
11ta Sadio Mane (“Liverpul”), Serxio Aguero (“Manchester Siti”, 3), Dele Alli (“Tottenxem”)
10ta Eden Azar (“Chelsi”, 2)
9ta Kristian Benteke (“Kristal Pelas”, 2), Maykl Antonio (“Vest Xem”)

Tur o‘yini
Turning eng qiziqarli o‘yini, albatta, “Liverpul” va “Tottenxem” o‘rtasidagi uchrashuv bo‘ldi. Shu kuni mersisaydliklar o‘yinni yaxshi nazorat qilishdi va ishonchli g‘alabaga erishishdi.

25-tur ramziy terma jamoasi (Telegraf versiyasi)
Viktor Valdes (“Midlsbro”, 2) - Rayan Bertran (“Sautgempton”, 1), Alfi Mouson (“Suonsi”, 1), Erik Bayi (“Manchester Yunayted”, 2), Martin Olsson (“Suonsi”, 1) - Sadio Mane (“Liverpul”, 3), Jo Allen (“Stok Siti”, 3), Rahim Sterling (“Manchester Siti”, 2), Antoni Marsyal (“Manchester Yunayted”, 1) - Manolo Gabbyadini (“Sautgempton”, 1), Aleksis Sanches (“Arsenal”, 7).

25-turning eng yaxshi futbolchisi (Telegraf versiyasi)
25-turning eng yaxshi futbolchisi “Liverpul” yarim himoyachisi Sadio Mane bo‘ldi. Juda muhim uchrashuvda u chiroyli va foydali o‘yin namoyish etish bilan birga o‘z hisobiga dubl ham yozdirib qo‘ydi.

26-tur o‘yinlari
25 fevral, shanba
“Vest Bromvich” – “Bornmut”, soat 20:00
“Kristal Pelas” – “Midlsbro”, soat 20:00
“Xall Siti” – “Bernli”, soat 20:00
“Chelsi” – “Suonsi”, soat 20:00
“Everton” – “Sanderlend”, soat 20:00
“Uotford” – “Vest Xem”, soat 22:30
26 fevral, yakshanba
“Tottenxem” – “Stok Siti”, soat 18:30
28 fevral, seshanba
“Lester” – “Liverpul”, soat 01:00
“Manchester Siti” – “Manchester Yunayted” (qoldirildi)
“Sautgempton” – “Arsenal” (qoldirildi)

Manba: telegraf.uz
Kiritildi: 12:01, 14.02.2017.
O'qildi: 5675 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.