Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Barsa" "MYU" qiziqayotgan futbolchisini 50 million yevroga baholadi

"Barsa" "MYU" qiziqayotgan futbolchisini 50 million yevroga baholadi

Baho:
+ | -

Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" shu yozda "Barselona" chap qanot himoyachisi Alexandro Baldeni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya grandi ispaniyalik futbolchi uchun 50 million yevrodan ortiq taklif tushsa, uni sotishga tayyor, biroq klub uni ketishga majburlamaydi.

Baldening o‘zi esa, formasida pasayish kuzatilganiga va Joau Kanseluning ajoyib o‘yini sababli maydondagi daqiqalari kamayganiga qaramay, "Kamp Nou"ni tark etish niyatida emas.

Baldening sotilishi "Barsa"ning moliyaviy holatini yaxshilashga va yozgi transfer oynasida ko‘zlangan maqsadlarga erishishga yordam beradi.

Xususan, Xulian Alvares va Alessandro Bastoni jamoaning yozdagi ustuvor maqsadlari sifatida belgilangan. "Barselona"ning moliyaviy cheklovlarini hisobga olsak, bunday yirik kelishuvlarni amalga oshirish uchun futbolchilarni sotish majburiy bo‘lib ko‘rinmoqda.

Kiritildi: 18:29, 30.04.2026.
O'qildi: 593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик