«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining transferi bo‘yicha uchinchi rasmiy taklifni ilgari surdi. Jurnalist Ben Djeykobsning xabar berishicha, kataloniyaliklar 30 yoshli opornik uchun 60 million funt sterlingdan ortiq mablag‘ taklif qilgan.
Ispaniya klubi rahbariyati transferni muvaffaqiyatli yakunlashga optimistik ruhda qaramoqda. Avvalroq «shaharliklar» «Barselona»ning 51,3 million funt (taxminan 55-60 million yevro) miqdoridagi taklifini rad etgan edi.













