Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Xumoyun Murtazoyev: «Yangi mavsumda hammasi boshqacha bo‘ladi»

Xumoyun Murtazoyev: «Yangi mavsumda hammasi boshqacha bo‘ladi»

Baho:
+ | -

"Mash’al" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

-Bu «Mash’al»ning oldiga qanday vazifalar qo‘yilmoqda?

-Jamoamiz oldiga albatta yuqori o‘rinlar egallash va kamida OCHL bahslarida ishtirok etish huquqini beruvchi, yo‘llanmalardan birini qo‘lga kiritmoqchimiz. Hamjihatlikda jamoamiz bilan harakat qilsak buni uddalaymiz.

-YAngi mavsumda o‘z oldingizga qanday maqsad qo‘ydingiz?

-YAshirmayman bu yilgi mavsumda, kamida to‘purar bo‘lishni niyat qildim. Xudo xoxlasa bu maqsadimga albatta erishaman bir so‘z bilan aytsam, Yangi mavsumda hammasi boshqacha bo‘ladi albatta.

-O‘tgan yili o‘z maydonimizdagi bahslarga ko‘p muxlis kuzatmadik. Nima deb o‘ylaysiz, bu yil muxlislar tashrifi ortarmikan?

-Bilasizmi agar o‘z maydoningizdagi bahslarda stadion to‘lib muxlislar jamoangizni qo‘llab quvvatlashib turishsa butun jamoa o‘yin mobaynida faqat g‘alabani o‘ylaydi. Ammo so‘ngi yillarda markaziy o‘yingohimizga muxlislarimiz tashrifi ancha kamaydi. Ishonamanki yaqinlashayotgan oliy liga bahslarimizda muxlislarimiz bu yil ko‘payishadi.

-Oliy Ligamizning boshqa jamoalaridan taklif bo‘ldimi?

-Ha albatta bor edi. Ammo taklif qilgan jamoalarning imkoniyatlari «Mash’al» nikidan ortiq joyi yo‘q shunday ekan bunday vaziyatda jamoani almashtirishni hojati yo‘q. Qolaversa uyimni tashlab ketgim kelmadi «Mash’al» mening uyim.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 17:42, 14.02.2017.
O'qildi: 4213 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.