Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Shahram G‘iyosov shou-biznesda ham o‘zini sinab ko‘rdi

Shahram G‘iyosov shou-biznesda ham o‘zini sinab ko‘rdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

2016 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilarning ishtiroki va qo‘lga kiritgan mukofotlari katta shov-shuvga aylangani sir emas. 13 nafar sportchining sovrinli o‘rinlarni egallab, oltin, kumush va bronza medallar bilan O‘zbekistonga qaytishi g‘urur bag‘ishladi.
 
Ayni vaqtda Olimpiada g‘oliblari nafaqat sportda, balki san’at va madaniyat sohalarida ham faollik ko‘rsatib, konsert dasturlarida, suratga olish ishlarida ham ishtirok etishga ulgurishyapti. Ana shunday sportchilardan biri Shahram G‘iyosov.
 
Shahram G‘iyosovning Instagram’dagi sahifasi diqqatimizni tortdi. Sportchi taxminan 1 hafta avval xonanda Shahzodaning klipi suratga olinayotgan maydondan olingan fotosuratni ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Bu orqali Shahram G‘iyosov Shahzodaning klipida rol ijro etayotganligini taxmin qilish mumkin edi. Bir necha kun avval sportchi joylagan videosi orqali esa bu taxmin o‘z tasdig‘ini topdi.
 
Yaqindagina “E’tirof” mukofotini qo‘lga kiritgan Shahzoda va Dr.Costi ijrosidagi “Billionaire” dueti muxlislar tomonidan iliq kutib olingan bo‘lsa, endilikda qo‘shiqqa suratga olingan videoklip yanada katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda.
 
Yangi yil bayramidan so‘ng, Dubayga sayohat qilgan Shahzoda Instagram’dagi sahifasi orqali u yerda mazkur duetga klip suratga olingani haqida ma’lum qilgandi. Suratga olish ishlari Toshkentda ham davom ettirildi va premyera qilinishi kutilmoqda. Noodatiy tarzda suratga olingan klipda Shahram G‘iyosovning ishtirokiga baho berish fursati yaqin.
 
Sportchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yana bir ma’lumotni oshkor qildi. Futbol sport turiga ham befarq bo‘lmagan Shahram G‘iyosov Madridning “Real” klubiga muxlislik qiladi. Uning Olimpidada g‘alabaga erishgan chog‘ida o‘z g‘alabasini xuddi Krishtianu Ronaldodek nishonlagani ham bunga yaqqol misol. 

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 15:03, 17.02.2017.
O'qildi: 18615 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик