Avval xabar berib o‘tganimizdek, «Navbahor» ayni paytda Toshkentdagi so‘nggi yig‘inni o‘tkazmoqda. 26 fevral kuni yakuniga navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida yana uchta nazorat o‘yini o‘tkaziladi.
Dastlabki uchrashuv 20 fevral sanasida “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. 22 fevralda esa “Navbahor”ga Samarqandning “Dinamo” klubi raqiblik qiladi. 25 fevralga rejalashtirilgan bahs esa birinchi liga vakili “NBU-Osiyo” jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.