«Sevilya» klubi, «Barselona»ga o‘tib ketishi kutilayotgan bosh murabbiy Xorxe Sampaoliga o‘rinbosar izlamoqda.
Don Balon xabariga ko‘ra, «roxiblankos» sport direktori Ramon Monchi jamoaga yana bir argentinalik mutaxassis - Marselo Byelsani taklif qilmoqchi.
Byelsa 2007 yilda «Sevilya»ni boshqarishi mumkin edi, biroq muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanmadi. U bilan «Lill» klubi ham qiziqmoqda.