Yangi futbol mavsumiga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan "Qo‘qon-1912" o‘z tarkibini serbiyalik hujumchi bilan to‘ldirdi.
Filip Rayevas tibbiy ko‘rikdan muvafaqiyatli o‘tdi va jamoa bilan shartnomaga imzo chekdi.
Futbolchi Farg‘onada bo‘lib o‘tgan “Hokim kubogi-2017” musobaqasida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urganidan so‘ng, murabbiylar va muxlislarimizning olqishlariga sazovor bo‘lgan edi.