Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

YECHL. Inglizlar kushandasi «Monako»: endi navbat «Manchester Siti»ga

YECHL. Inglizlar kushandasi «Monako»: endi navbat «Manchester Siti»ga

Baho:
+ | -

2016/2017 yilgi mavsum Yevropa Chempionlar ligasi nimochorak finali doirasida 21 fevral kuni «Machester Siti» hamda «Monako» o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi. UYEFA rasmiy sayti ushbu to‘qnashuv borasida ham qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ta’kidlash joizki, bu ikkala jamoaning o‘zaro ilk uchrashuvi hisoblanadi. Fransiya 1 Ligasida ishtirok etuvchi Monako knyazligi jamoasi ushbu mavsumda «E» guruhida Leverkuzenning «Bayer» klubini ortda qoldirib va Londonning «Tottenhem»ini nimchorak finaldan mosuvo qilib birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, «Manchester Siti» esa «C» guruhida «Barselona»dan keyin ikkinchi bo‘lgan edi.

O‘yin atrofidagi faktlar

«Manchester Siti» ushbu mavsumda o‘z tarixida ikkinchi marta chorak finalga chiqish uchun kurashadi. Avvalgi muvaffaqiyat o‘tgan mavsumga to‘g‘ri keladi – «shaharliklar» yarim finalda bo‘lajak g‘olib «Real»dan yengilan edi. Jamoa Chempionlar ligasida o‘z maydonida 9 o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti – 6 g‘alaba va 3 durang. «Shaharliklar» ustozi Xosep Gvardiola «Barselona» va «Bavariya»da Chempionlar ligasi nimchorak finalida o‘tkazgan barcha 7 urinishidan muvaffaqiyatli o‘tgan.

«Siti» o‘z tarixida faqat 3 marta fransuz jamoalariga qarshi o‘ynagan va bu o‘yinlarning barchasi «PSJ»ga qarshi kechgan. O‘tgan mavsum chorak finalida Parijda 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan va Manchesterda mezbonlar minimal hisobda g‘alaba qozongan. 2008/2009 yilgi UYEFA Kubogi guruh bosqichi doirasida esa yagona o‘yin Manchesterda bo‘lib o‘tgan va hisob ochilmagan. E’tiborlisi, o‘sha o‘yinda «Siti»ning hozirgi futbolchilari Vinsan Kompani va Pablo Sabaleta ham ishtirok etgan.

«Monako» so‘nggi uch mavsumda ikkinchi marta chorak finalga chiqishga harakat qiladi. 2014/2015 yilgi mavsum nimchorak finalida «Arsenal» Londonda 1:3 hisobida mag‘lub etilgan va Monakodagi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat mehmonda urilgan gollar evaziga jamoaning chorak finalga chiqishiga xalal berolmagan edi. Ushbu mavsumda ham «Monako» Angliyada bir ingliz jamoasini mag‘lub etishga ulgurdi – «Tottenxem» Londonda 1:2 hisobida taslim etildi.

«Monako» ingliz jamoalariga qarshi mehmonda o‘tkazgan o‘yinlarida 5 g‘alaba, 2 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Jamoa ingliz klublariga qarshi o‘tkazgan 6 ta pley-off bosqichi to‘qnashuvidan beshtasida ustun kelgan. Jumladan, 1997/1998 yilgi mavsum chorak finalida «Manchester Yunayted», 2003/2004 yilgi mavsum yarim finalida «Chelsi» va 2014/2015 yilgi mavsum nimchorak finalida «Arsenal» dog‘da qoldirilgan.

Tanish chehralar

«Siti» ustozi Gvardiola uchun bu murabbiy sifatida fransuz jamoalariga qarshi ilk o‘yini bo‘ladi. So‘nggi marta u Fransiya chempionati vakiliga qarshi «Barselona» futbolchisi sifatida 1996/1997 yilgi Kubok eglari kubogi finalida «PSJ» bilan bahsda o‘ynagan va 1:0 hisboida zafar quchgan. 1993/1994 yilgi Chempionlar ligasi guruh bosqichida esa «Monako»ni ham uyda, ham mehmonda mag‘lub etishga yordam bergan.

«Monako» ustozi Leonardo Jardim esa murabbiy sifatida ingliz jamoalariga qarshi avval ham bahs yuritgan. «Braga» murabbiyi sifatida 2011/2012 yilgi mavsum Yevropa Ligasi guruh bosqichida «Birmingem»ni ikkala o‘yinda ham yenggan Jardim 2012/2013 yilgi mavsumda «Olimpiakos»ga boshchilik qilib, Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Londonda «Arsenal»dan yengilgan, Afinada esa g‘alaba qozongan.

«Siti» yarim himoyachisi Yaya Ture 2006/2007 yilgi mavsumda «Monako» safida Fransiya 1 Ligasida 27 o‘yinda maydonga tushgan va 5 ta gol urgan. «Shaharliklar» himoyachisi Bakari Sanya esa 2004-2007 yillarda «Oser» safida «Monako» bilan 5 marta to‘qnash kelib, 2 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.»Monako» futbolchilaridan Joao Moutinyo «Portu» safida, Radamel Falkao «Manchester Yunayted» va «Chelsi» tarkibida «Manchester Siti»ga qarshi o‘ynagan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 12:31, 21.02.2017.
O'qildi: 8072 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.