Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Imkoniyatlar chamalanganda: "MAN SITI" - "MONAKO", "BAYER" - "ATLETIKO" o‘yiniga taxminlar

Imkoniyatlar chamalanganda: "MAN SITI" - "MONAKO", "BAYER" - "ATLETIKO" o‘yiniga taxminlar

Baho:
+ | -

Futbol olamida klublar o‘rtasidagi eng nufuzli va serdaromad turnir - Yevropa CHLning ilk «pley-off» raundiga qur’a tashlangach, Soccer.ru sayti ijodkorlari darhol juftliklarda qaysi jamoa favorit ekanligini taxmin qilishga tushishdi. Ular bu jarayonda ko‘plab jihatlarni e’tiborga olishdi.

MANCHESTER SITI» - «MONAKO»

Klublarning UYEFA reytingidagi o‘rni: 12 - 37.
Klublar tarkibining umumiy bahosi (transfermarkt.de portali ma’lumoti bo‘yicha): 524 mln. yevro - 177 mln. yevro.
Klublarning CHL «pley-off» raundidagi tajribasi: oxirgi mavsum yarim finalchisi - o‘ynamagan.

Klublarning yetakchi futbolchilari: Aguero, de Bryuyne, Gyundogan, David Silva, Otamendi - Falkao, Fa-binyo, Sidibe, Lemar, Bruno Silva, Glik.

Klublarning o‘yin bobidagi ustun taraflari: qisqa «pas» bilan o‘ynash, qarshi hujum, qanotlar orqali yurish, futbolchilar mahorati - samaradorlik, qanotlar orqali hujum, serharakat hujumchilar, xavfli vaziyatlar yaratishda qiynalmaslik.

Taxmin: umumiy hisob: 4:0 - «Manchester Siti» foydasiga.

«Shaharliklar» barcha jihatlarda muayyan ustunlikka egalar. «Monako» garchi UYEFA klublar reytingining ancha pastki qismida bo‘lsada, o‘yin saviyasi bo‘yicha kuchli jamoalar qatoriga kiradi. Leonardu Jardimning o‘z usuli bor, «Monako» uning qo‘l ostida himoyaviy «quti»dan hujumkor mashinaga aylandi. Radamel Falkao ayni payt yosh sheriklari bilan har qanday raqibga qiyinchilik tug‘dirishga qodir. Shunday ekan, «Manchester Siti»ning taltayib ketishiga asos yo‘q. Axir u «PSJ»ning inglizcha varianti. Ya’ni klub uchun APLda yana bir marta birinchi bo‘lishdan ko‘ra, CHLda o‘ynash va loaqal finalga chiqib, arab shayxlarini xursand etish muhimroq sanaladi. Xosep Gvardiola ixtiyorida qiyin o‘yinlarda o‘z so‘zini aytadigan va himoyadagi muammolarni bilintirmaydigan Lionel Messi yo‘q. Biroq uning mavsum startida «Barselona»dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday javob berganini esda tutish kerak. Ha, «shaharliklar» ancha kuchli ko‘rinmoqdalar.

Taxmin: «Manchester Siti» keyingi bosqichga o‘tadi. To‘g‘ri, «Monako» ham yaxshi, biroq fransuz klubi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqib ulgurdi. Gvardiolada esa o‘yinni yanada kuchaytirish imkoniyati bor.


«BAYER» - «ATLETIKO»

Klublarning UYEFA reytingidagi o‘rni: 18 - 4
Klublar tarkibining umumiy bahosi (transfermarkt.de portali ma’lumoti bo‘yicha): 262 mln. yevro - 509 mln. yevro.
Klublarning CHL «pley-off» raundidagi tajribasi: o‘tgan mavsum guruhdan chiqolmadi - bahorgi finalchi.

Klublarning yetakchi futbolchilari: Kampl, Ta, Chalxanoglu, Brandt - Grizmann, Filipe Luis, Godin, Koke, Karrasko, Gabi.

Klublarning o‘yin bobidagi ustun taraflari: qanotlar orqali hujum, keskin uzatma, uzoq masofadan beriladigan zarba, yuqori pressing - himoya, qa’iy intizom, o‘rta va uzun «pas», ikkinchi raqam ostida o‘ynash, individual harakatlanish.

Taxmin: umumiy hisob: 4:0 - «Atletiko» foydasiga.

«Bayer» uchun «pley-off»ning o‘zi katta yutuq. Faqat qur’a biroz ko‘ngilsiz raqib taqdim etdi. Aslida Germaniya klubi aql bovar qilmas darajada barqaror o‘yinni yo‘lga qo‘yganlar qatoriga kirmaydi. Lekin tarkibida iqtidorli yigitlar shunchalik ko‘pki, Roger Shmidt ularning yordamlari bilan yuqori saviyadagi futbolga umid bog‘lashi mumkin. Deylik, Xavyer Ernandes gol urish vazifasini doimo yaxshi uddalaydi, Hoqon Chalxanogluning transfer bahosi qoyilmaqom jarima zarbalari tufayli oshib boryapti. Umuman, Leverkuzen klubida chiroyli o‘yin masalasida muammo yo‘q. To‘g‘ri, uning himoyasi mustahkam emas, ammo «Atletiko» hujumda u qadar dahshat uyg‘otmaydi. Ha, Madrid jamoasi futbol olamidagi eng noqulay raqiblardan biri. Zero, LCHning 2ta finalida o‘ynagani tasodif emas. Aslida Diyego Simeone tuzgan hozirgi tarkibning «yaroqlilik muddati» tobora tugab borayotgandek. Ammo Antuan Grizmann kabi yangi «qon tomchi»lari ham bor. Murabbiyning o‘zi esa mudom izlanishda. Shuningdek, Madridda yangi logotip va stadion nomiga bog‘liq muhokamalar keskin tus oldi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, «Atletiko» nemis klubi uchun ham o‘ta noqulay raqibdir. Har holda, maydon chetidagi gaplar bilan «matraschilar»ni cho‘chitish ilojsiz.

Taxmin: Simeone va uning shogirdlari muxlislarni uyaltirib qo‘yishmaydi. Lekin ularda bunday bosqichda o‘zlariga xos o‘yinni namoyish etolmaslik odati ham borligini unutmaslik kerak.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 18:13, 21.02.2017.
O'qildi: 9635 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.