«Barselona» chap qanot himoyachisi Alexandro Balde sotilishi mumkin bo‘lgan futbolchilardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Bosh murabbiy Xans-Diter Flik 22 yoshli futbolchiga asosiy tarkibdan doimiy joy kafolatlay olmaydi. Shunga qaramay, Balde taslim bo‘lishni istamayapti va murabbiyga o‘z imkoniyatlarini isbotlash niyatida.
Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, Balde faqat klub unga kelajakda ishonch bildirmayotganini ochiq aytgan taqdirdagina ketishga rozi bo‘ladi. Ayni paytda yosh ispaniyalik futbolchi, turli mish-mishlarga qaramay, jamoasini almashtirish haqida o‘ylamayapti.
So‘nggi vaqtlarda «Manchester Yunayted»ning Alexandro Baldega qiziqishi haqidagi xabarlar yana paydo bo‘ldi. Transfermarkt portali himoyachining transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.













