"Barselona" yangi hujumchi qidirishda davom etmoqda. Kataloniya klubi e’tiborini Belgiyaning "Bryugge" jamoasi forvardi Nikolo Tresoldi tortdi.
Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik italiyalik oilada tug‘ilgan nemis futbolchisini Xulian Alvaresga muqobil nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda. "Atletiko" esa argentinalik hujumchisini qo‘yib yuborish niyatida emas.
"Bryugge" Tresoldi transferi uchun taxminan 40-50 million yevro talab qilmoqda. 22 yoshli futbolchiga Londonning "Arsenal", "RB Leypsig", "Atletiko", "Manchester Yunayted" va boshqa qator klublar ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan.
Tresoldi joriy mavsumda uchta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urishga ulgurdi. U "Bryugge" safida barcha musobaqalarda jami 61 ta uchrashuvda ishtirok etib, 26 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.













