Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Espanyol»ga qarshi o‘yinda «Real»ning eng yaxshi uch futbolchisi

«Espanyol»ga qarshi o‘yinda «Real»ning eng yaxshi uch futbolchisi

Baho:
+ | -1

Albatta, «Real»ga omad ham kulib boqdi. Madridliklar o‘tgan mavsumda 11 marta durang o‘ynab, mag‘lubiyatsiz qolgan bo‘lsa-da, chempionlikni qo‘ldan boy bergan «Benfika»ning yo‘lini takrorlamadi.

Joze Mourinyo qaytganidan keyingi ilk uchrashuvida g‘alaba qozondi. Biroq portugaliyalik mutaxassisning jamoasi 2:1 hisobidagi natijani katta qiyinchilik bilan qo‘lga kiritdi.

Xo‘sh, «Real» futbolchilaridan kimlar Kataloniyada o‘zini yaxshi ko‘rsatdi? «Stadion.uz» uchrashuvni tahlil qilib, Joze Mourinyo shogirdlariga 10 ballik tizim asosida sub’ektiv baho berdi.

«Real»ning «Espanyol»ga qarshi o‘yinidagi eng yaxshi uch futbolchisi

Karlos Espi — 7,5 ball

Ro‘yxatni g‘alaba goli muallifi ochib beradi. Espi maydonda atigi 13 daqiqa harakat qildi va bor-yo‘g‘i bitta samarali ishni amalga oshirdi. Ammo bu harakat o‘yin taqdirini hal qildi.

U himoyachini ortda qoldirib, to‘pni Mbappedan qabul qildi va o‘zining yagona zarbasi bilan nishonni aniq topdi.

Karlos Espi «galaktikos» safidagi debyut uchrashuvida jamoasiga g‘alaba keltirdi. Uni muvaffaqiyatli debyut bilan tabriklaymiz!

Jud Bellingem — 7,5 ball

Keyingi o‘rinda uchrashuvdagi birinchi gol muallifi. Jud Bellingem ko‘p kuch talab qilgan jahon chempionatidan keyin ham ajoyib jismoniy tayyorgarlik namoyish etdi.

U havodagi va yerdagi kurashlarda ustunlik qildi, juda faol harakatlandi hamda hujum chizig‘ining deyarli barcha hududlarini qamrab oldi.

Bellingem standart vaziyatdan so‘ng gol urdi, uchta muvaffaqiyatli dribling amalga oshirdi, ikkita hal qiluvchi uzatma berdi va ikki marta to‘pni raqibdan olib qo‘ydi.

Arda Gyuler — 7,5 ball

Biroq «Real»ning eng xavfli futbolchisi Arda Gyuler bo‘lib ko‘rindi. Turkiyalik futbolchining har bir harakati hujumni keskinlashtirishga qaratildi. Ayniqsa, uning standart vaziyatlarni bajarishi Bernardu Silvanikidan sezilarli darajada farq qildi.

Gyulerning jarima maydoniga uzatgan to‘plari darhol xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi. Portugaliyalik futbolchining uzatmalarini esa raqib himoyachilari osonlik bilan bartaraf etdi.

Arda Bellingemning goliga assistentlik qildi va yettita hujumni keskinlashtiruvchi uzatmani amalga oshirdi. To‘g‘ri, ularning aksariyati standart vaziyatlardan keyin qayd etildi.

Kiritildi: 02:51, 23.08.2026.
O'qildi: 1044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик