Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo La Liga doirasida «Espanyol» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Qaymoqranglilar» 90-daqiqada Karlos Espi kiritgan gol evaziga uch ochkoni ilib ketdi. Hujumchi hal qiluvchi goldan o‘n daqiqa oldin zaxiradan maydonga tushgandi.
«Menimcha, bugun biz g‘alabaga loyiq edik. Ammo «Espanyol» mag‘lubiyatga loyiq emasdi. Ikkinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdik va haqli ravishda g‘alaba qozondik.
Raqib juda tartibli harakat qildi. Bunday uchrashuvda mag‘lub bo‘lish ular uchun qanchalik alamli ekanini tushunaman.
Zaxiradagi futbolchilar har doim maydonga tushib, jamoaga g‘alaba qozonishda yordam berishi mumkin. Bu juda muhim uch ochko», — deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini Madrid Xtra keltirdi.
Mourinyu yoz boshida «Real»ga qaytdi. U avval 2010–2013 yillar davomida Madrid klubini boshqargan.













