Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

YECHL. "Manchester Siti" – "Monako" uchrashuvi prevyusi

YECHL. "Manchester Siti" – "Monako" uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan yana ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Unda “Manchester Siti” “Monako”ni mehmon qilsa, Madridning “Atletiko” klubi Leverkuzenda “Bayer” mehmoni bo‘ladi. UZREPORT telekanalida esa siz “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yinni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga egasiz. Quyida siz mazkur o‘yin haqida qisqacha ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

YECHL. Nimchorak final bosqichi. Birinchi uchrashuv.
21 fevral. Manchester shahri. Stadion “Etihad”
Hakam: Xerald Lexner (Avstriya)

“Manchester Siti”

Guruh bosqichida “Manchester” ko‘ngildagidek natija qayd eta oldi deb bo‘lmaydi. “Barselona”, “Borussiya M” va “Seltik” klublari bilan bir guruhdan o‘rin olgan “shaharliklar” bor yo‘gi ikki bor g‘alaba qozona olishdi. Xosep Gvardiola shogirdlarining o‘tgan uchrashuvlar davomida asosiy muammosi bu himoya chizig‘i vakillari bo‘lishdi desak xato bo‘lmaydi.

Ular 6ta o‘yinning 5tasida o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishdi. Lekin “Monako”ga qarshi o‘yinga “Manchester Siti” yaxshi kayfiyatda tashrif buyurmoqda. Jamoa so‘nggi 6ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi va ulardan 4tasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. To‘g‘ri bu uchrashuvlar orasida Gvardiola shogirdlari asosan kuchsizroq raqiblarga qarshi o‘yin o‘tkazishdi. Faqat “Tottenxem”ga qarshi (2:2) kechgan o‘yin bulardan mustasno.

Bo‘lajak o‘yinda “shaharliklar” tarkibida Ilkay Gyundogan, Gabriel Jezus va Vensan Kompanilar o‘z jamoasiga yordam bera olishmaydi. Shuningdek Gael Klishining ham bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi so‘roq ostida.

“Monako”

Mazkur jamoa E guruhida “Bayer”, “Tottenxem” va “SSKA Moskva” jamoalari bilan bo‘lgan raqobatda birinchi o‘rinni egalladi. Ular 6ta uchrashuvning 3tasida zafar quchib ikki bor durrang qayd etdilar va so‘nggi turda ya’ni guruhda birinchi o‘rin masalasi hal etilgach “Bayer”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydilar.

“Manchester”da bo‘lgani singari fransuzlarda ham himoyada bir qator muammolar bor lekin hujumdagi faollik bu kamchiliklarni sezdirmadi. “Monako” hozirda Fransiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda va yaqin taqibchilardan (PSJ, Nitsa) 3 ochkoga oldinda borayapdi. Leaonardo Jardim shogirdlari o‘tgan 26ta uchrashuvda naqd 76ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Radamel Falkao bu mavsum 16ta gol bilan klub to‘p urari bo‘lib turibdi. Klub 12ta o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda. Bu orada ular 9ta g‘alaba va 3ta durrang natija qayd etishdi.

Jamoaning yana bir asosiy yutug‘I shunda bo‘lmoqdaki, fransuzlar iste’dodlarni kashf etishdan charchashmayapdi. Xames Rodriges, Yannik Ferreyro Karrasko va Antoni Marseyal singari iqtidorli futbolchilar klubni tark etishgan bo‘lishsada jamoa bu mavsum ular singari yana bir nechta yulduzlarni kashf etib bo‘lishdi. Bernardu Silva (22 yosh), Fabinyo (23 yosh, 4ta gol), Jemerson (24 yosh), Tomi Lemar (21 yosh), Temue Bakayoko (22 yosh), Jibril Sidibe (24 yosh) va hokazolar.

Bo‘lajak uchrashuvda esa Jardim himoyachi Per-Daniel Ndiffon, yarimhimoyachi Gabriel Boshilya va hujumchi Gido Karrilyo singari futbolchilar yordamidan foydalana olmaydi. Jemerson esa sariq kartochkalari belgilanganidan oshib ketgani sabab birinchi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz mazkur klublar shu paytga qadar o‘zaro to‘qnash kelishmaga.

Mazkur bahsni UZREPORT telekanalida soat 00:45da boshlab tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 21:03, 21.02.2017.
O'qildi: 8339 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.