Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

“Manchester Siti”ning ojiz nuqtalari

“Manchester Siti”ning ojiz nuqtalari

Baho:
+ | -

Hozirda Angliya Premyer Ligasida 2-o‘rinda borayotganiga qaramay, “Manchester Siti” barqaror jamoa degan ta’rifdan ancha uzoq.

Darvozabonda xotirjamlikning yetishmasligi

Xosep Gvardiola “Manchester Siti” boshqaruviga kelgach, darvozabon ham faol qatnashishi kerak bo‘lgan o‘yin sxemasini amalga oshira boshladi. Buning uchun bosh murabbiy Jo Hart xizmatlaridan voz kechdi va o‘rniga Klaudio Bravoni jamoaga olib keldi. 7 oydan ortiq vaqt o‘tgach ma’lum bo‘ldiki, murabbiy darvozabon tanlashda adashgan ko‘rinadi. Chililik posbon oyoq bilan o‘ynashda benuqson bo‘lsada, haqiqiy xaloskor bo‘lishdan ham ancha yiroqda. Premyer Liganing oxirgi uch o‘yinida jamoa Villi Kabalero bilan maydonga tushib, barchasida g‘alaba qozondi. Kabalero esa atigi bitta gol o‘tkazib yubordi. Argentinalik posbonning bugungi bahsda asosiy tarkibda tushish ehtimoli yuqori bo‘lsada, Gvardiola uni jamoaning asosiy posboni sifatida ko‘rayotgani yo‘q.

Kuchsiz himoya

Bu yilgi mavsumda barcha musobaqalarni hisoblaganda, “Manchester Siti” 38 uchrashuvning 26 tasida o‘z darvozasidan kamida bir gol o‘tkazib yuborgan. Klaudio Bravoning xatolari bunga sabab bo‘lgandir, biroq, jamoa himoyasi ham ideal darajada emasligi ayon. Kelayotgan yoz mavsumida Pep Gvardiolani himoya chizig‘ini qayta qurib chiqishi aniq. Sababi murabbiy Sanya, Sabaleta, Kolarov va Klishining ishidan qoniqmoqda, deya olmaymiz. Hozircha himoyada eng qimmat himoyachilardan biri Nikolas Otamendi ishonchliroq o‘yin namoyish etmoqda. Jamoa sardori Vensan Kompanining boshi jarohatlardan chiqmayotgan bir paytda, Falkao, Jermeyn yoki Mbappe “shaharliklar” himoyasiga xavf sola olishlari mumkin.

Kuchli raqib bosimini yengishdagi qiyinchilik

Jamoaning Premyer Ligadagi (“Chelsi”, “Arsenal”, “Liverpul”, “Tottenxem”, “Manchester Yunayted”, “Everton” va “Lester”, amaldagi chempion) va Chempionlar Ligasidagi o‘yinlari va natijalariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, “katta” jamoalarga qarshi Serxio Aguero va jamoadoshlari qiyin ahvolda qolishmoqda. Ushbu raqiblarga qarshi (12 uchrashuv) klub 7 mag‘lubiyat, 2 durang va 3 g‘alabaga erishgan. g‘alabalar esa “Arsenal”, “Manchester Yunayted” va “Barselona”ga qarshi bahslarda erishilgan.  

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 10:44, 22.02.2017.
O'qildi: 7382 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.