Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Mourinyo Neymarni «Old Trafford»ga olib kelmoqchimi?

Mourinyo Neymarni «Old Trafford»ga olib kelmoqchimi?

Baho:
+ | -

Albatta, bu yangilik emas. Joze Mourinyo Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi bo‘lgan davrlarda ham braziliyalik hujumchi Neymarni o‘z jamoasi safida ko‘rishni istagan, biroq u «Barselona»ni afzal bilgan edi. Portugaliyalik mutaxassis esa o‘z istagidan «Manchester Yunayted»da ham voz kechmagan ko‘rinadi.

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, Joze Mourinyo bu ish bilan shaxsan o‘zi shug‘ullanmoqda. «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi braziliyalik yulduzga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilib, uni Barselonadan Manchesterga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga uringani aytilmoqda.

Neymarga «Manchester Yunayted» taqdim etadigan katta maoshdan tashqari unga sport nuqtai nazaridan ham foyda bo‘lishi va’da qilinmoqda. Jumladan, «mankunianlar» safida braziliyalik futbolchiga «Barselona»dagidan muhimroq rol berilishi va Angliya Premyer Ligasidagi keskin raqobat esga olingan.

Mourinyo o‘z jamoasiga olib kelishni istagan yulduzlar bilan shaxsiy aloqalarini yaxshilayotgani kuzatilgan. Zero, portugaliyalik murabbiy sovrinlar yutish uchun o‘ta yuksak saviyadagi hujumchiga muhtojligini biladi.

Ushbu mavsumda uning jamoasi 38 ta gol urgan bo‘lib, ulardan 15 tasiga Zlatan Ibrahimovich mualliflik qilgan bo‘lsa, shvesiyalik hujumchidan keyingi o‘rinlarda Xuan Mata (6 gol) va Pol Pogba (4 gol) bormoqda.

To‘purarlar ro‘yxatida boshqa biror hujumchining yo‘qligi Mourinyoni tashvishga solishi tabiiy. Bu ko‘rsatkich, bir qator urinishlar, jumladan Antoni Marsial misolidagi tajribalarga qaramay yaxshilanmagan. Dribling ustasi bo‘lgan Neymar esa Premyer Ligaga yangi havo olib kelish bilan birga o‘z texnikasi va tezligi evaziga «Manchester Yunyted»ning hujumdagi ehtiyojlarini to‘liq qondira oladi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 11:29, 26.02.2017.
O'qildi: 7915 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.