Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Andrey Miklyayev: «Birinchi turda mag‘lubiyat o‘rnini g‘alaba orqali to‘ldirishimiz kerak»

Andrey Miklyayev: «Birinchi turda mag‘lubiyat o‘rnini g‘alaba orqali to‘ldirishimiz kerak»

Baho:
+ | -

Ertaga Osiyo chempionlar ligasining 2-turi doirasida "Lokomotiv" o‘z maydonida BAAning "Al-Ahli" klubini qabul qiladi. Uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Andrey Miklyayev va futbolchi Jaloliddin Masharipov ishtirok etishdi.

A.Miklyayev:
— Ertangi o‘yindagi mas’uliyatni yaxshi his qilib turibmiz. Birinchi turda yutqazib qo‘ydik. O‘sha o‘yinda yaxshi o‘ynashimiz, mag‘lub bo‘lmasligimiz mumkin edi. Ammo futbol shunaqa o‘yin, bitta xato qimmatga tushadi. Endi yo‘qotilgan ochkoning o‘rnini to‘ldirishimiz kerak. "Al-Ahli" jamoasi so‘nggi o‘yinlarda kam yutqazmoqda. Jamoa ko‘p gol urmaydi, shu bilan birgalikda, kam gol o‘tkazadi. O‘ylaymanki, bu jamoani mag‘lub eta olamiz. Vaziyatni o‘nglash uchun biz faqat g‘alaba qozonishimiz kerak.

J.Masharipov:
— Ertaga bizga qarshi Osiyoning eng yaxshi klubi maydonga chiqadi. Ilk turda yutqazdik, endi yutqazishga haqimiz yo‘q. Futbolchilarning barchasi g‘alaba qozonish haqida o‘ylamoqda.

Jamoaga sekin-sekin moslashyapman. Murabbiylar shtabi va futbolchilar meni jamoaga yaxshi qabul qilishdi. Jamoaning yutuqlariga o‘z hissamni qo‘shishni istayman.

"Lokomotiv" safida klubning OCHLda o‘tgan mavsumdagi natijasini yaxshilab, yarim finalga yetib borishni istaymiz. Bunday natija qayd eta olishimizga ishonaman.

— Ertaga jamoa hujumkor o‘yin ko‘rsatadimi?
— Biz shu haqida o‘ylayapmiz. Birinchi bahsda hujumdagi o‘yinimiz yaxshi chiqmadi. Ko‘p vaziyat yarata olmadik. Buning ustida ishlayapmiz. Ertaga ko‘proq hujum qilib, gol urishga harakat qilamiz.

— "Lokomotiv" safida hujumchilar bo‘lishiga qaramay, jamoa birinchi turda nominal hujumchisiz o‘ynadi. Buni nima bilan izohlaysiz?
— Hujumchilarimizda kichik jarohatlar borligi sababli birinchi o‘yinda Masharipovni hujumda o‘ynatishga qaror qildik. Ertaga esa ko‘ramiz. Safimizda nominal hujumchilar ko‘p emas. Ertaga nominal hujumchini maydonga tushirsak kerak.

— Birinchi bahsda jamoa maydon markazini raqibga boy berib qo‘ydi. Yarim himoyachilar bilan bog‘liq muammolar bormi?
— Tarkib borasida ayrim muammolarga duch keldik. Shu haqida gapirmoqchi edim. Aliboyev tizzasidagi jarohat tufayli 2-3 haftadan beri shug‘ullanmayapti. Bundan tashqari Diyor Turopov va Bobojonovda jarohatlar bor. Bu futbolchilar ertaga maydonga tushishmaydi.

— Birinchi o‘yinda Nesterov xato qildi va jamoa gol o‘tkazib yubordi. Ignatiyning ruhiy holati qanday?
— "At-Ta’vun"ga qarshi o‘yindan keyin u xato qilganini tushunib turgandi. Biz u bilan gaplashdik. Nesterov o‘z ustida ishlamoqda, hozir hammasi joyida. U o‘yinga tayyor. Ignatiy jamoamizning birinchi raqamli darvozaboni hisoblanadi.

— O‘tgan mavsumda Temurxo‘ja Abduxoliqov qizil kartochka olgandi. Avvalgi turda Bikmayev o‘z jahlini tiyib tura olmadi. Arab jamoalari futbolchilarimizni jahlini chiqarishga harakat qilishadi. Bunga ahamiyat qaratilyaptimi?
— Bikmayev bilan gaplashdik. "At-Ta’vun"ga qarshi o‘yinda u o‘zini tiya olmagan bir vaziyat bo‘ldi. Futbolchi professional bo‘lishi kerak, jamoani qiyin holatga tushirib qo‘ymasligi lozim.

— Sergeev Xitoyda "Paxtakor"ga qaytganida bundan xursand bo‘ldim. Boisi, futbolchining ustida ishlab, uni yanada o‘sishiga yordam berishi mumkin. Futbolchilarimiz xorij klublariga o‘tganidan keyin o‘sishda to‘xtab qolishmoqda. Birgina Ivan Nagayevni eslash kifoya. Futbolchilarni klubda olib qolib, ularning yanada o‘sishiga yordam berish ma’qul ish emasmi?
— Shoahmedov va Abduxoliqovning Qatar klubiga o‘tishi kutilmaganda ro‘y berdi. Biz yig‘inlarda ishtirok etayotganimizda taklif tushdi. Klub rahbariyati ularning xorij klubida o‘zini sinab ko‘rishiga ruxsat berdi. Futbolchilarni majburan ushlab turish qiyin. Biz ularning legioner sifatida chet el klublarida o‘zini ko‘rsatishlarini istaymiz. Bu futbolchilarni yo‘qotish biz uchun ham o‘ziga yarasha zarba bo‘ldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:47, 26.02.2017.
O'qildi: 8469 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.