Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

«Sport-TV»da bugun - 28 fevral kuni 4 ta futbol uchrashuvi bor. «Bunyodkor» jonli efirda ko‘rsatiladi

«Sport-TV»da bugun - 28 fevral kuni 4 ta futbol uchrashuvi bor. «Bunyodkor» jonli efirda ko‘rsatiladi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar ligasini O‘zbekiston hududida translyasiya qiluvchi MTRKning «Sport» telekanali 28 fevral — seshanba kuni 4 ta uchrashuvni efirga uzatishni rejalashtirgan. Shulardan 3 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi va yana 1 tasi yozib olingan holda ko‘rsatiladi.

«Futbol taym» 15:20 dan boshlab «Ulsan Xyunday» (Janubiy Koreya) — «Brisben Roar» (Avstraliya) uchrashuvi bilan start oladi. Mazkur bellashuvning O‘zbekiston klublari yoki o‘zbekistonlik futbolchilar uchun aloqadorlik joyi yo‘q.

18:00 dan boshlab «Sport» «Bunyodkor» stadioniga ulanadi hamda «qaldirg‘ochlar»ning «Al-Ayn»ga qarshi o‘yinini ko‘rsatadi.

20:05 dan boshlab «Zob Ahan» (Eron) — «Al-Ahli» (Saudiya) o‘yini ko‘rsatiladi. Mazkur jamoalar «Bunyodkor» bilan bir guruhdan joy olgan bo‘lib, saudiyaliklar Sergey Lushchan jamoasini ilk turda 2 ta gol farqi bilan taslim qilgandi. «Al-Ayn» esa o‘z maydonida fors klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori to‘p suradigan «Shanxay SIPG» Toshkent vaqti bilan 16:30 dan boshlab Avstraliyaning «Vestern Sidney» klubini sinovdan o‘tkazadi. «Sport» bir hafta muqaddam jamoaning Seuldagi o‘yinini jonli ko‘rsatgandi, bugun esa Odil Ahmedovni ko‘rishni istaganlar kechasi 00:05 dan «Sport»ga ulanishi mumkin.

Aslida «Shanxay SIPG» o‘yini tugashi bilan «Bunyodkor» ishtirokidagi uchrashuv start oladi. Shundan kelib chiqilsa, Xitoydagi o‘yin Toshkentdagisiga ko‘p halal bermasligi mumkin edi. «Sport» nima sababdan bunday qarorga kelgani, «Bunyodkor» o‘yini oldidan studiyaga mehmon chaqirilganmi yoki yo‘q — aniq emas.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:24, 28.02.2017.
O'qildi: 15986 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик