Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Yetti o‘lchab, bir kes yoki Obameyang qayerga ketishi mumkin

Yetti o‘lchab, bir kes yoki Obameyang qayerga ketishi mumkin

Baho:
+ | -

Gabon terma jamoasi bilan AMK turniridagi ishtirokidan so‘ng Dortmundga qaytib, YECHL doirasidagi «Benfika»ga qarshi bahsda omadi yurishmagan Pyer-Emerik Obameyang yozda ja-moa­ni tark etishini ma’lum qildi. Bundesliga to‘purarining kutilmagan bayonoti keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Yakunda mutasaddilar hujumchiga kelajak rejalarini bir chetga surib, bor diqqat-e’tiborni mavsumning qolgan bellashuvlariga qaratishni maslahat berishdi.

Ma’lumki, dortmundliklar gabonlik hujumchini 2013 yili 13 mln. yevro evaziga o‘z saflariga qo‘shib olishgan. Mazkur davr ichida Obameyang 166 marta maydonga tushib, 100dan ortiq gol urdi. Shulardan 20tasini u Tomas Tuxel qo‘l ostida amalga oshirdi. Hujumchi bosh murabbiy bilan inoq bo‘lsada, ayrim «xurmacha» qiliqlardan xoli emas. Masalan, Italiyaga uyushtirgan pinhona safari uchun YECHL doirasidagi bir uchrashuvdan chetda qoldi. Qolaversa, tungi sayohatlar, mashg‘ulotlarga kechikib kelish kabi tartibbuzarliklari bois tez-tez jazolanib turadi. Umuman olganda, futbolchi o‘zi uchun sarflangan sarmoyani to‘la oqlay oldi.

«Izzattalab iqtidor sohibining bir jamoada uzoq vaqt to‘p surishi juda qiyin. Chunki u yangi cho‘qqilar sari intiladi», - ko‘rinib turibdiki, gabonlik hujumchi top klublarda o‘z omadini sinab ko‘rish niyatida. Xo‘sh, Obameyang yangi mavsumni qayerda boshlashi mumkin?

«REAL»

«Qirollik klubi» Obameyangning bosh orzusi ekaniga shubha yo‘q. Biroq bu muhabbat bir tomonlama bo‘lishi ham mumkin - yaqin orada madridliklarning Obameyangga qiziqishlari xususida hech qanday xabar tarqalmadi. Hujumchi uchun yagona variant - Karim Benzemaning o‘rnini egallash. Fransiyalik futbolchini «Santyago Bernabeu» anchadan beri hushtakbozlik bilan qarshi olmoqda. Ammo Benzemaning «Real»dan ketishi gabonlik kasbdoshi uchun kafolat bo‘lolmaydi. Zidan yoki Florentino Peres 29 yoshli fransuzning o‘rnini yoshroq iqtidor sohibi hisobiga to‘ldirishni istashlari turgan gap. Boz ustiga, madridliklar anchadan beri Paulo Dibalani sinchkovlik bilan kuzatishmoqda.

«MANCHESTER SITI»

«Shaharliklar»ning amaldagi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Obameyang bilan bundesligadagi qarama-qarshiliklar orqali juda yaxshi tanish. Kataloniyalik mutaxassis hujumchining mahoratiga doimo yuksak baho berib kelgan. Pyer-Emerikni xarid qilish «Siti» uchun muammo emas, Pepning bir og‘iz iltimosi kifoya qiladi. Tarkibda Serxio Aguero bor, yaqinda Gabriel Jezus safga qo‘shildi. Mana shu jihatlar mutasaddilarni o‘ylantirishi mumkin: hujum chizig‘i qo‘shimcha kuchga muhtojmi? Buning o‘rniga himoyani kuchaytirgan ma’qul emasmi?

«CHELSI»

Obameyang faoliyatini APLda davom ettirishi uchun eng maqbul variant. Yosh iqtidor sohibi Mishi Batshuayi hamon zaxirada qolmoqda, Diyego Kostaning kelajagi esa noma’lum. Konte jamoani shakllantirish g‘oyasini to‘xtatganicha yo‘q. Jumladan, «Seltik» huhujchisi Muso Dembele italiyalik mutaxassisning doimiy nazoratida. Obameyang esa mahorat bobida Musodan qolishmaydi. Aynan u yozda «Chelsi»ning asosiy nishoni bo‘lishi mumkin.

«PSJ»

Pyer-Emerik Fransiyaning bir qator klublarida to‘p surgan. Qadrdon chempionatiga qaytish futbolchi uchun taraqqiyotmi yoki...? Faqat «PSJ»ga o‘tish uning uchun oldinga siljish bo‘ladi. To‘g‘ri, Obameyang Parijda Edinson Kavanining jiddiy raqobatiga duch kelishi aniq. Urugvaylik forvard qulay vaziyatlarni ko‘kka sovurayotgani tufayli jiddiy tanqidlar ostida. Gabonlik hujumchining esa «PSJ»ga moyilligi bor.

«ATLETIKO»

Obameyang «hindular» safidan joy olishi uchun yulduzlarning to‘g‘ri joylashuvi yetarli bo‘lmaydi. Avvalo, Simeonening o‘z lavozimida qolish-qolmasligi yoxud Antuan Grizmanning Madridni tark etishi noma’lum. Agar murabbiy amaldagi shartnomani uzaytirib, fransuz «MYU»ga otlansa, Obameyang oldingi chiziqni kuchaytirishda asosiy nomzodga aylanadi. Diyego avval ham gabonlik hujumchiga og‘iz solgan, ammo nemislar taklifni rad etishgandi. «La-liga menga yoqadi. Agar Madridning bir klubidan joy ololmasam, ikkinchisida o‘ynashim mumkin», - ha, Obameyang ispan klublariga befarq emas.

XITOY

Fantastik shartnomalar va mahalliy muxlislarning mehr-muhabbati ko‘plab yulduzlarga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Lekin qahramonimiz o‘z baxtini Xitoydan izlashga shoshilmayapti. Agar yozda rad etishning umuman iloji bo‘lmaydigan taklif tushsa, vaziyat tamomila o‘zgarishi ham hech gapmas. Har holda, xitoylik xaridorlarning hozirgi shijoatiga tan bermay iloj yo‘q.

«BAVARIYA»

«Bavariya» hamda «Borussiya» D. o‘rtasidagi azaliy raqobat ortiqcha izohga muhtoj emas. Murosasiz raqiblar doimo amal qilib kelgan norasmiy qoidalar so‘nggi paytlarda tez-tez buzilmoqda: jamoa futbolchisining raqib tomoniga o‘tishi odatiy holga aylanib bormoqda. Yodingizda bo‘lsa, Robert Levandovski va Mario Gyotse azaliy raqib tarkibida to‘p surish umuman mumkin emasligi haqida qayta-qayta bong urgan edilar. Amalda esa buning aksi kuzatildi. Keyinchalik Mats Xummels sobiq jamoadoshlari ortidan yo‘l oldi. Shu tariqa Dortmund va Myunxen grandlari o‘rtasida samimiy hamkorlik paydo bo‘ldi. Balki Pyer-Emerik myunxenliklar taklifini rad etish orqali o‘zining «Alyans Arena»dagi faoliyatiga zamin hozirlagandir? Yana kim biladi deysiz...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:36, 02.03.2017.
O'qildi: 10877 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик