Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarining boshlanishiga 200 kun qoldi

Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarining boshlanishiga 200 kun qoldi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, 2017 yilning 17 sentyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashgabaddagi Olimpiya shaharchasida Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari musobaqasi rasman start oladi. Demak, bugun mazkur nufuzli musobaqaning boshlanishiga roppa rosa 200 kun vaqt qoldi.

Biz bugun ilk marotaba Markaziy Osiyo mintaqasida tashkil etiladigan ushbu musobaqaga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, bunyod etilayotgan ob’ektlar va mavzuga oid boshqa masalalarda mulohaza yuritamiz.

Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarida birinchi marta 62 mamlakat vakillari ishtirok etishadi. Ularning 45 tasini Osiyo davlatlari tashkil etsa, Okeaniya mintaqasidan ham 17 ta mamlakat vakillari Ashgabatga yetib kelishadi.

Ta’kidlash lozimki, birinchi marta mazkur musobaqa 2005 yilda Bangkok (Tailand) da tashkil etilgan bo‘lib, 2007 yilda yopiq inshootlardagi II Osiyo o‘yinlariga Makao mezbonliq qilgan. Oradan ikki yil o‘tgach, 2009 yilda musobaqani endi Vyetnam o‘zida qabul qilgan. IV Osiyo o‘yinlariga kelib musobaqa xuddi olimpiya sikli kabi har to‘rt yilda bir marta tashkil etiladigan bo‘ldi va 2013 yilda Janubiy Koreyaning Inchxon shahri mezbonlik qilgan musobaqa dasturiga jangovor san’at turlari ham kiritildi.

Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlariga Ashgabad shahri mezbonlik qilishi xaqidagi qaror 2010 yilning 19 dekabrida Kuvayt mamlakatida Osiyo Olimpiya Kengashi hamda Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitasi va Ashgabad shahri Hokimligi o‘rtasida ikki tomonlama kelishuv imzolangach qabul qilingan.

2010 yilning 5 noyabrida Turkmaniston poytaxtida mamlakat Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida Olimpiya shaharchasining qurilishiga start berilgan edi. Hozirda mazkur muhtasham sport shaharchasi qit’amizdagi eng yirik olimpiya maskanlaridan biriga aylanib ulgurdi.

Olimpiya shaharchasining qurilishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, uning umumiy maydoni 157 gektar hududni qamrab oladi. Mazkur shaharchada 30ta sport inshooti bunyod etilmoqda. E’tiborlisi qurilayotgan ob’ektlar jahon talablariga to‘liq javob beradi.

Osiyo Olimpiya Kengashi va Xalqaro sport federasiyalar vakillari bir necha marotaba Ashgabatga tashrif buyurib, bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi va kerakli maslahatlarni berishdi. Qurilish ishlarida har bir taklif va maslahatga e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, Olimpiya shaharchasidagi inshootlar yuqori sifatli, jahon standartlariga mos keluvchi sport anjomlari bilan to‘ldirilishiga ham alohida ahamiyat berilgan. Tabiiyki bu yerda sportchilar va musobaqa ishtirokchilari uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari dasturidan 21 ta sport turi o‘rin olgan bo‘lib, bular: shaxmat, futzal, tennis, muay-tay, sambo, kurash, djiu-djitsu, bouling, velopoyga (trek), suzish (50 metrlik basseynda), yengil atletika, og‘ir atletika (pauerlifting), basketbol, taekvondo (WTF), sport raqslari, kikboksing, belbog‘li kurash, sport kurashlari (erkin va yunon-rum), bilyard, konkur va Turkman milliy kurashi - goresh sport turlaridir.

Nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 2014 yildan e’tiboran Olimpiya shaharchasida bir necha yirik Xalqaro musobaqalar sinov tariqasida o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan 2014 yilning 19-24 noyabr kunlari belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionati, 2016 yilda esa 26-30 may kunlari sambo bo‘yicha Osiyo chempionati, 25-29 iyun kunlari Turkman goreshi va belbog‘li kurash bo‘yicha Osiyo chempionati, 16-24 sentyabr kunlari 18 yoshgacha bo‘lgan tennischilar o‘rtasida Xalqaro turnir, 23-26 sentyabr kunlari yengil atletika bo‘yicha Xalqaro turnir, 4-7 noyabr kunlari ayollar va erkaklar o‘rtasida 3x3 formatidagi basketbol bo‘yicha Xalqaro turnir va nihoyat o‘tgan yilning dekabrida djiu-djitsu bo‘yicha Osiyo chempionati aynan Ashgabaddagi Olimpiya shaharchasida yuqori saviyada tashkil etildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Olimpiya yoki Osiyo o‘yinlarini o‘zida qabul qiluvchi har bir mamlakat nafaqat sport musobaqalarini yuksak saviyada o‘tkazish, balki ana shu musobaqalarning tantanali ochilish va yopilish marosimlarini ham unutilmas darajada yorqin va jozibali tashkil etishga intiladi. Bu borada qo‘shnilarimiz ham alohida tayyorgarlik olib borishmoqda. Osiyo o‘yinlarining ssenariysi jahonga mashhur va bu borada katta tajribaga ega mutaxassislar, tashkilotchilar va ommaviy shou-tadbirlar ustalari tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Yana bir e’tiborli jihati, Osiyo o‘yinlarining mash’alasini yoqish marosimi bo‘lib, unda mamlakatning 17 ta eng yaxshi chavandozlari Turkmanistonning bir qator viloyatlari hududlaridan o‘tib, 17 sentyabr kuni, mahalliy vaqt bilan roppa rosa soat 17:00da Markaziy stadionda o‘yinlar mash’alasini yoqishadi va aynan shundan so‘ng musobaqalarga rasman start beriladi. Bir so‘z bilan aytganda Turkmanistonda ushbu nufuzli musobaqani eng yuqori saviyada o‘tkazishga juda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarida tabiiyki O‘zbekiston delegasiyasi ham sportning bir qator turlarida ishtirok etadi va biz, barchamiz yurtdoshlarimizdan munosib ishtirok va yorqin g‘alabalarni kutib qolamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:47, 02.03.2017.
O'qildi: 8384 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.