Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor - Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Gleb: «Safarlardan charchadim...»

Gleb: «Safarlardan charchadim...»

Baho:
+ | -

«Arsenal» hamda «Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi Aleksandr Gleb jamoalarning YECHLdagi omadsiz o‘yinlari va nima uchun «Krilya Sovetov»ga qaytishga qaror qilgani haqida.

«Skripchenko asosiy omil bo‘ldi»

- Nima uchun yana Samaraga qaytishga ahd qildingiz?

- Nega endi qaytmasligim kerak? Vadim Viktorovich Skripchenko agentim bilan bog‘landi. Minskda uchrashdik va hamkorlik o‘rnatishga qaror qildik.

- Demak, Skripchenko omili hal qiluvchi rol o‘ynagan, shundaymi?

- Ha, shuningdek, Sergey Karnilenko ham. U bilan birga o‘ynaganman. «Krilya»ga yordam bergim keldi, qolaversa, faoliyatimni davom ettirish niyatidaman.

- Beloruslik boshqa mutaxassis Goncharenko bilan hamkorlik qilish istagi yo‘qmi?

- Bu mavzuni izohlashni istamayman. Vadim Viktorovich bilan ishlayapman, shuning o‘zi yetarli. Jamoa talab darajasida o‘ynay oladi va kerakli natijaga erishadi, deb hisoblayman.

- Skripchenko sizni «Zenit»ga ko‘chib o‘tgan Mollo o‘rniga mo‘ljallayaptimi?

- Bunaqa savolni Vadim Viktorovichga berganingiz ma’qul. Molloning o‘rnini to‘ldirish xususida gap-so‘z bo‘lgani yo‘q. Menga hujumlarni jonlantirish, jamoadoshlarimni to‘p bilan ta’minlash vazifasi qo‘yilgan. Jumladan, Karnilenkoni ham.

- O‘zingizni samaraliklar hujumlarining dirijyori sifatida tasavvur qila olasizmi?

- Men o‘ziga ishonadigan insonlar sirasidanman. Hammasini o‘yin ko‘rsatadi. Oldindan nimanidir bashorat qilish professionalga xos bo‘lmagan odat. Bo‘lajak bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘ryapman, hali kech emas. Sport formamni tiklay olsam, samara maydonda ko‘rinadi.

- Skripchenkoning «Ural»dan ketganini yurtingizda qanday qabul qilishdi?

- Bilmayman... Ochig‘i, bu meni qiziqtirmaydi. Vadim Viktorovich «Krilya»ni ma’qul ko‘rdimi, demak u bunga haqli. Buyog‘i uning shaxsiy ishi.

- Keskin shov-shuvlarga sabab bo‘lgan «Ural»-«Terek» uchrashuvi(1:4)ni tomosha qildingizmi?

- Yo‘q, ko‘rmadim. To‘g‘ri, turli mish-mishlar menga ham yetib keldi. Lekin bularni izohlashdan ne foyda? Axir o‘shanda men nima bo‘lganini bilmaymanku.

- Yoshingiz 35ga chiqdi. O‘yinlarda to‘liq to‘p surishga qodirmisiz? Har holda Rossiya chempionatida...

- Kuchli chempionat demoqchimisiz?

- Nima, siz bunday emas, deb hisoblaysizmi?

- Hech narsa demayman. Risoladagidek musobaqa. hammasini vaqt, o‘yin ko‘rsatadi.

«19 yoshimdan safarlardaman, charchadim»

- Xullas, 90 daqiqa o‘ynashga yaraysiz?

- Sport formamni tiklayapman. Mavsumga puxta hozirlik ko‘rish uchun vaqt yetarli.

- 2012 yilda ham Samarada to‘p surgan edingiz. O‘shanda mavsum omadsiz bo‘lganmidi?

- Nega endi? Chempionat qandaydir sakkizlik guruhlarga bo‘linib qolgandi. «Krilya» o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani ado etdi, elitadagi o‘rnini saqlab qoldi. Ahil jamoa shakllangan, belorusliklar ko‘pchilik edi. Mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkazganmiz.

- Hozirda ko‘pchilik Xitoyga yo‘l olmoqda. Sizni chaqirishmadimi?

- Chaqirishdi, lekin so‘nggi transfer darchasida emas.

- Ketmaganingizdan afsuslanmaysizmi?

- Yo‘q, Oilamda farzand tug‘ildi. Uzoqqa ketishni istamayman. Qo‘shni Rossiyada, qardoshlarim davrasida bo‘lishni ma’qul ko‘rdim. To‘p surish, o‘yindan lazzat olish va qo‘yilgan vazifani ado etishni istayman.

- Biroq Xitoyda katta haq to‘lashmoqda!

- Bilasizmi, 19 yoshdan beri safarlardaman. Ulardan charchadim. O‘z yurtimda bo‘lishni istayman. Bu yerda o‘zimni baxtiyor sezaman. Ishoning, hech qayoqqa ketgim yo‘q.

«Arsen «Arsenal»ga mos»

- «Barselona»dagi sobiq jamoadoshingiz Aleksandr Song ham hozir Rossiyada - «Rubin»da to‘p surmoqda.

- Ha, u bilan o‘ynaganman. Hozircha muloqot qila olmadim. Tez orada uchrashamiz. Ajoyib yigit.

- To‘g‘ri, Rossiyada uning ishlari yurishmayapti. «Barselona»ga bejizga bormaganingizni balki siz isbotlash niyatidadirsiz?

- Hech kimga  hech narsani isbotlamoqchi emasman. O‘z kuch-quvvatimni yaxshi bilaman. Samaraliklarga foyda keltiraman. 19 yoshdagi g‘o‘r yigitlik davrim ortda qolgan.

- «PSJ»dan sharmandali mag‘lubiyatni qabul qilib olgan «Barsa»dan ko‘ra, «Krilya»da bo‘lish afzal, deb hisoblaysizmi?

- Nahotki, shu savolga javob berishimni istaysiz? «PSJ»ni kamsitmagan holda aytamanki, «Barsa» doimo «Barsa»ligicha qoladi! G‘olib masalasi hali hal bo‘lgan emas.

- Arsen Vengerning hamon «Arsenal»da ekanligini qanday izohlaysiz?

- Arsen «Arsenal» uchun eng mos murabbiy. Ochig‘i, uning o‘rnida bosh­qa mutaxassisni tasavvur qila olmayman. Balki shunday murabbiy yo‘qdir. Ha, Klopp, «Borussiya»ning yangi murabbiyi Tuxel ham iqtidorli murabbiylar. Ammo ular bo‘sh emas. Shu sababli, Venger hamon o‘z o‘rnida. Albatta, uning shogirdlari «Bavariya»ga qarshi juda yomon o‘ynadilar. Men ham taajjubdaman. Mag‘lubiyat sabablaridan bexabarman. Lekin bu omadsizlik Vengerga bo‘lgan hurmatimni kamaytira olmaydi. U zamonamizning eng buyuk mutaxassislaridan biri bo‘lib qolaveradi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:31, 03.03.2017.
O'qildi: 4282 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.