«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone «Deportivo» (1:1) klubiga qarshi o‘yindan so‘ng, Fernando Torresning ahvoli haqida gapirdi.
Futbolchi raqib bilan to‘qnashib ketib, maydonga hushsiz holda yiqilgan edi.
«Hammamiz xavotir oldik, asabiylashdik... U juda qattiq yiqildi. Hatto men qarsillagan ovozni eshitdim. U bo‘ynini sindirib olishi ham mumkin edi» - dedi Simeone.
Ayni paytda futbolchi shifokorlar nazoratida qolmoqda.