Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Lokomotiv" ertaga yangi futbolchilarni tanishtiradi

"Lokomotiv" ertaga yangi futbolchilarni tanishtiradi

Baho:
+ | -

8 mart kuni "Lokomotiv" O‘zbekiston XXVI milliy chempionatidan o‘rin olgan dastlabki uy uchrashuvini o‘tkazadi. Shu kuni "temiryo‘lchilar" TTZdagi "Lokomotiv" stadionida "So‘g‘diyona"ni qabul qilishadi.

Ertaga, 7 mart kuni esa jamoa yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtiruv marosimini o‘tkazadi. Mazkur tadbir "Lokomotiv" stadionining matbuot anjumanlari zalida tashkil etiladi va soat 14:30da boshlanadi.

Yangi mavsum oldidan, "Lokomotiv" safiga yetti nafar futbolchi kelib qo‘shildi. Bular - Muhammad Kone, Nyore Krizo, Shuhrat Muhammadiyev, Diyor Turopov, Murod Bobojonov, Salamat Qutiboyev va Jaloliddin Masharipov.

Ertangi tadbirga keluvchi jurnalistlar o‘zlari istagan futbolchi bilan suhbatlashish hamda suratga tushish imkoniga ega bo‘lishadi. "Lokomotiv" ushbu mavsum hisobidan hozircha uchta o‘yinda maydonga tushdi va OAV xodimlari yangi futbolchilarimiz haqida qisman bo‘lsa-da tasavvurga egalar.

Demak, ertaga futbol sohasida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi OAV vakillarini tanishtiruv marosimiga taklif etib qolamiz.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 18:40, 06.03.2017.
O'qildi: 9729 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик