Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Rodri: «Real»ni rad etish oson bo‘lmadi»

Rodri: «Real»ni rad etish oson bo‘lmadi»

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes Madridning «Real» klubiga o‘tishdan qanday bosh tortganini esladi.

«Real» Rodri hali «Manchester Siti»da o‘ynagan paytidayoq unga qiziqish bildirgan birinchi klub bo‘lgan. Biroq yakunda «ko‘k-anorranglilar» 30 yoshli yulduzni ashaddiy raqibidan tortib olishga muvaffaq bo‘ldi.

«Realga “yo‘q” deyish oson bo‘lmadi, ayniqsa klubning menga bo‘lgan yaxshi munosabatini hisobga olganda. Men ko‘plab omillarni inobatga oldim va dunyoning eng yaxshi ikki klubi o‘rtasida tanlov qilib, muhim qaror qabul qildim.

Mening tanlovim sport nuqtai nazaridan kelib chiqdi. «Barselona»ning loyihasi meni ruhlantirdi va u yerga o‘tsam, g‘alaba qozonishim hamda futbolchi sifatida o‘sishim mumkinligini his qildim», — deya Rodrining so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

Kataloniya grandi 18 avgust kuni jahon chempioni bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Kiritildi: 07:11, 15.09.2026.
O'qildi: 2887 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик