Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

«Lokomotiv» OCHL finaliga chiqmoqchi

«Lokomotiv» OCHL finaliga chiqmoqchi

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" futbol klubi bugun matbuot anjumani tashkil qilib, jamoa bilan shartnoma imzolagan yangi futbolchilar bilan keng ommani tanishtiruv marosimini o‘tkazdi. Xabaringiz bor, mavsumlar oralig‘ida "temiryo‘lchilar" safini 6 nafar futbolchi tark etgan bo‘lsa, 7 nafar yangi o‘yinchi jamoaga qo‘shildi. Yangi futbolchilar — Shuhrat Muhammadiyev ("Nasaf"), Diyor Turopov ("Olmaliq"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Salamat Quttiboyev ("Buxoro"), Murod Bobojonov ("Neftchi"), Muhmmad Kone (Kot-d'Ivuar), Nyore Krizo (Kot-d'Ivuar).

Marosimning ilk qismida klub bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akromov jamoaning maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

"Jamoamiz qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini asosan Birlashgan Arab Amirliklarida olib bordi. Biz boshlangan yangi mavsumda ham oldimizga maksimal vazifalarni qo‘ydik. Bu yil ham O‘zbekiston chempionligi va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritishni maqsad qilganmiz. Shuningdek, Osiyo chempionlar ligasida finalgacha yetib borishni ko‘zlayapmiz. Umid qilaman, bu maqsad yo‘lida futbolchilar qo‘ldan kelgan barcha ishni qilishadi".

Shuningdek, "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyayev jamoaning seleksiya siyosati borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Yig‘in davomida bir nechta futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazib, o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan pozisiyalarga o‘yinchilarni tanlab oldik. Yangi shartnoma tuzgan futbolchilarning ayrimlarida jarohatlar borligi sababli, ular dastlabki rasmiy o‘yinlarda bizga yordam bera olishmadi. Ular jarohatdan forig‘ bo‘lib, umumiy guruhda mashg‘ulotlarni boshlashdi. Mart oyi so‘ngida terma jamoalar o‘yinlari tufayli yuzaga keladigan tanaffusdan keyin ular yaxshi formaga kirib olishadi, deb umid qilaman".

Shundan so‘ng o‘yinchilarga futbolkalar topshirildi va ular "Lokomotiv"ga o‘tishi qanday yuz bergani haqida ma’lumot berib o‘tishdi.

Nyore Krizo:
— "Lokomotiv" katta klub hisoblanadi. Shuning uchun bu jamoaga o‘tishga qaror qildim. Bu klub safida o‘sishga erishaman deb o‘ylayman. Buning uchun bu yerda barcha sharoitlar mavjud. Dastlabki taassurotlarim ijobiy. Klubdagi muhit ham yaxshi. Men bu yerga kelganimda klub rahbariyati meni jamoaning rivojlanish loyihasi bilan tanishtirishdi. Unda klub Osiyoning eng yaxshi klublaridan biriga aylanishi ko‘rsatilgandi. Bu esa menga ma’qul keldi. Bundan tashqari, menda Osiyo chempionlar ligasida o‘z kuchimni sinab ko‘rish ishtiyoqi tug‘ildi. Bu jiddiy musobaqa.

Muhammmad Kone:
— Men ham "Lokomotiv"da o‘sishga erishishni maqsad qilganman. Klubda yaxshi saviyadagi futbolchilar yig‘ilgan. Bu yerda har kuni nimadir o‘rganyapman. Bu esa futbolchi sifatida yanada o‘sishimga yordam beradi.

O‘zbekiston futboli haqida ilk tasavvurga 2011 yili Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogida ega bo‘lgandim. O‘shanda O‘zbekiston terma jamoasi yaxshi o‘yin ko‘rsatgandi.

Avvalgi mavsumda Kipr chempionatida to‘p surgandim. O‘zbekiston va Kipr futbolini taqqoslaydigan bo‘lsam, har bir mamlakat futboli bir-biridan oz bo‘lsa-da farq qiladi. To‘g‘ri, Kipr Yevropada joylashgan, ammo bu yerda ham yaxshi saviyadagi futbolchilar ko‘p.

Salamat Quttiboyev:
— Jamoa taklif bilan chiqqani uchun bu jamoaga o‘tishga qaror qildim. "Lokomotiv" yaxshi shakllangan jamoa. Shuningdek, jamoa Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadi va men ham turnirda o‘z sinab ko‘rishni istadim. Ushbu jamoa safida o‘z o‘yinimda yanada rivojlantiraman, degan niyatdaman.

Jaloliddin Masharipov:
— Osiyo chempionlar ligasida o‘ynash uchun "Lokomotiv" taklifini qabul qildim desam ham bo‘ladi. OCHLda imkon qadar uzoqroqqa — finalgacha yetib borish niyatimiz bor. Yigitlar bilan harakat qilib, jamoaning Oliy liga va O‘zbekiston kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritishida yordam berishga harakat qilaman.

"Paxtakor"ga qarshi o‘yinlarda ishtirok etamanmi? Menimcha, yo‘q. Boisi, ikki klub rahbarlari shunga kelishishgan.

Diyor Turopov:
— "Lokomotiv" O‘zbekistonning amaldagi chempioni hisoblanadi, klub Chempionlar ligasida ishtirok etadi, jamoa tarkibida kuchli futbolchilar yig‘ilgan. Shuning uchun jamoa rahbariyatidan tushgan taklifni qabul qildim. Futbolchi raqobat bor joyda o‘ynasa, u o‘sishga erishadi. Bu futbolning asosiy qoidasi.

Murod Bobojonov:
— Yanvar oyida "Neftchi" mashg‘ulotida ishtirok etayotgandim. "Lokomotiv" rahbariyati "Neftchi"ga taklif bilan chiqdi. Men esa bu taklifga rozi bo‘ldim. "Lokomotiv"da o‘zimni yaxshi tomondan ko‘rsatib, klubning jamoaviy o‘yiniga yaxshi qo‘shilib ketishni va barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishda yordam berishni istayman. Har bir futbolchi doimo o‘sib borishni istaydi. Bunda menga "Loko"dagi faoliyatim yordam beradi, deb o‘ylayman.

Shuhrat Muhammadiyev:
— "Lokomotiv" bir-ikki yildan beri menga taklif bilan chiqardi, ammo "Nasaf"da faoliyatimni davom ettirib kelayotgandim. Bu safar esa taklifga rozilik berdim. OCHLda munosib ishtirok etib, sovrinli o‘rinni egallashga harakat qilamiz.

Jamoani o‘yiniga asta-sekin moslashib boryapman. Himoyada o‘ynasamda, xuddi "Nasaf"da bo‘lganidek jamoaning hujumkor o‘yinida faol ishtirok etishga harakat qilaman.

Tanishtiruv marosimida futbolchilarga o‘zlari to‘p suradigan formalar topshirildi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:13, 07.03.2017.
O'qildi: 10229 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.