Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Bir qadam qolganda-ya… Yoki mundial chempionligiga yaqin kelgan termalar

Bir qadam qolganda-ya… Yoki mundial chempionligiga yaqin kelgan termalar

Baho:
+ | -

Sakkizta mamlakat termalari jahon chempionati bosh sovriniga ega chiqishgan bo‘lsa, yana to‘rt jamoa finalgacha yetib borib, mag‘lubiyatga uchragan. Mundial g‘olibligiga bir qadam qolganda qoqilgan ana shu omadsizlar Soccer.ru e’tiborini tortdi.

Gollandiya, Chexoslovakiya, Vengriya va Shvesiya birgalikda mundial g‘oliblari sonini oshirish uchun jami sakkizta imkoniyatga ega bo‘lishgan. Ba’zan ular final bahsi favoriti sanalishgan, ammo yakunda ishonchni oqlay bilishmagandi. Keling, yaxshisi, har bir o‘yinga alohida to‘xtalib, mag‘lubiyat sabablarini o‘rganishga urinib ko‘ramiz.

Chexoslovakiya-1934 («overtaym»da Italiyaga imkoniyat boy berildi - 1:2)

Xalal bergan omil: hakamlik

1934 yilgi mundialda zafar quchishga eng munosib nomzod sifatida aynan Italiya termasi ko‘rsatilgandi. Chexloslovakiya esa yarim finalda germaniyaliklarni mag‘lubiyatga uchratib, mo‘’jiza ko‘rsatib ulgurgandi. Italiyaliklar esa final arafasida Avstriya termasini taslim etishgandi. O‘sha bahsda qator qoidabuzarliklar kuzatilganiga qaramay, shvesiyalik hakam Ivan Eklind Enrike Guayta tomonidan urilgan g‘alaba golini inobatga olgandi. Benito Mussolini esa 29 yoshli referining urinishlarini yuksak baholab, hal qiluvchi o‘yin taqdirini unga ishonib topshirishga qaror qildi. Natijada, finalda Eklind behuda hushtak chalaverib, chexoslovakiyaliklar tinkasini quritdi, italyanlarning qo‘pol o‘yinlariga «ko‘z yumdi», Antonio Puch yiqitilgan vaziyatda penalti belgilamadi. Xullas, o‘z vazifasini «a’lo»ga bajarib, hattoki, matbuotda «Rim Grafi» taxallusiga loyiq ko‘rildi. Shu tariqa JCH-1934 eng noxolis mundial sifatida futbol tarixidan o‘rin egalladi. Ushbu musobaqadagi hakamlik esa sharmandali, deya baholandi.

Vengriya-1938 (Italiyaga 2:4 hisobida imkoniyat boy berildi)

Xalal bergan omil: vengriyaliklarning tarkib tanlashdagi xatosi

Avvalgi mundialdan farqli o‘laroq, bu galgi muvaffaqiyatdan so‘ng sport gazetalari boshqacha sarlavha bilan chiqish qilishdi: «Italiya hakamlar yordamisiz g‘alaba qozondi». Hattoki, Vengriyada ham raqibning yutuqqa munosib ekani tan olindi: italyanlar tezkor, tartibli va shafqatsiz futbol namoyish etishdi. To‘g‘ri, ayrim futbolchilar mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiy Ditsni atayin jamoani susaytirganlikda ayblashdi. Karoy yarim final o‘yini bilan solishtirganda, chindan ham g‘alati o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Natijada, Vengriya «Skuadra adzurra» hujumiga bardosh berolmadi. Ayniqsa, darvozabon Antal Saboning so‘zlari ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi: «Bilasizmi, mabodo italyanlar finalda mag‘lubiyatga uchrashsa, ularni qamoq jazosi yoki bundan ham yomoni kutayotgani haqida ogohlantirishgandi. Bundan bizni ham xabardor etishdi. Raqibimizning yutqazishga haqqi yo‘q edi, shunday ekan, biz shunday ajoyib futbolchilarning hayoti va faoliyatini qutqarib qoldik».

Vengriya-1954 (GFRga 2:3 hisobida imkoniyat boy berildi)

Xalal bergan omillar: xotirjamlik, raqibga to‘g‘ri baho berilmagani, Pushkashning jarohati

Vengriya XX asr o‘rtalarida eng kuchli terma bo‘lsada, jahon chempionligiga erishish unga nasib etmadi. 1954 yilgi mundialga ular 1952 yilgi Olimpiada chempioni sifatida borib, turnirning haqiqiy favoriti sanalishar, buni keyinchalik natijalar orqali ham isbotlashgandi. Vengrlar finaldagi raqiblarini guruh bosqichida yengishgani (8:3) tufayli hal qiluvchi o‘yin-da ham 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgach, yana bir oson yutuqqa erishishlariga ishonishgandi. Jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lmagan Pushkash uchrashuvdagi dastlabki gol muallifiga aylandi, ammo umuman olganda, baribir, odatdagidek chiroyli o‘yin ko‘rsatolmayotgandi. Bu paytda esa Vengriya termasini xotirjamlik hissi qamrab olgandi. O‘sha kuni taqdir vengrlarga qo‘pol hazil qildi: germaniyaliklar o‘n daqiqadan so‘ng hisobni tenglashtirishdi. Shundan so‘ng, favorit o‘ziga kelib, qator hujumlar uyushtirsa-da, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalana bilmadi. Aksincha, asosiy vaqt yakunida Xelmut Ran urgan gol GFR termasiga keyinchalik «Bern mo‘’jizasi» deb nomlangan tarixiy g‘alabani tortiq etdi. FIFAning mundial yakunlari bo‘yicha chiqargan rasmiy memorandumida shunday so‘zlar bitilgandi: «GFR termasi munosib g‘alabaga erishdi, ammo turnirning eng yaxshi jamoasi, shubhasiz, Vengriya edi».

Shvesiya-1958 (Braziliyaga 2:5 hisobida imkoniyat boy berildi)

Xalal bergan omillar: buyuk Pele, sehrli Braziliya

Shvedlar o‘z uylarida o‘tkazilgan JCHda finalgacha yetib borishdi. Hattoki, Nils Lindxolmning golidan so‘ng 4-daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib olishdi. Ammo o‘sha paytdagi Braziliya termasini to‘xtatish oson emasdi. Pele mo‘’jiza ko‘rsatar, sheriklari esa undan qolishmaslikka intilishardi. Natijada, uchrashuv yirik hisobda yakunlanib, braziliyaliklar bosh sovringa ega chiqishni ajoyib raqs bilan nishonlashdi.

Chexoslovakiya-1962 (Braziliyaga 1:3 hisobida imkoniyat boy berildi)

Xalal bergan omil: darvozabon xatosi

Braziliya termasini mag‘lubiyatga uchratish uchun mo‘’jizaga umid bog‘lash kerak edi, vaholanki, mo‘’jiza zaxirasini 8 yil avval GFR jamoasi ishlatib ulgurgandi. Xullas, Chexoslovakiya bahsni kutilmaganda hujum bilan boshlab, gol urishga ham erishdi: Masopust o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Keyinchalik bu kun Vilem Shroyfga atalmagani oydinlashib qoldi. Butun turnir davomida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, jamoasini finalga olib chiqqan darvozabon hal qiluvchi bahsda qo‘pol xatolarga qo‘l urdi: hujumchiga peshvoz chiqishda hisob-kitobni unutish, quyoshning ko‘z qamashtiruvchi shu’lasi, to‘pni egallashdagi kamchiliklar. 1962 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Yozef Masopust termadagi faoliyati haqida quyidagicha fikr bildirdi: «Chexoslovakiya jamoasi uchun ikkinchi o‘rinni muvaffaqiyatsiz baholash noto‘g‘ri. Bu tariximizdagi eng katta yutug‘imizdir. Faqat Vilemga achindim. Axir u Chilida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatganlardan biri edi. Pragaga qaytishda esa ortidan faqat yomon gap-so‘zlar aytishdi: «Finaldagi mag‘lubiyatimiz sababchisi shu bo‘ladi».

Gollandiya-1974 (GFRga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi)

Xalal bergan omillar: nemislar xarakteri, shubhali penalti va Kroyfning omadsiz kuni

Mundiallar tarixidagi eng omadsiz finalchi sifatida gollandlar tilga olinadi. Ular uch marta finalda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishgan. Hammasi 1974 yili boshlandi. O‘shanda Mixels ustozligidagi jamoada Kroyf yetakchi hisoblanar, muxlisu mutaxassislar avvaldan bosh sovrinni Gollandiya termasiga topshirib ulgurishgandi. Biroq turnir mezboni bo‘lgan GFR bunga yo‘l qo‘ymadi. Vaholanki, «Bavariya»ning hozirgi prezidenti jarima maydonchasida Yoxanga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Natijada belgilangan penaltini Neeskens aniq amalga oshirdi. GFR termasi esa bo‘lim o‘rtalarida xuddi shunday vaziyatda hisobni tenglashtirdi. Aynan shu holat hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Angliyalik hakam Teylor 1997 yilga kelibgina nohaqligini tan oldi, ammo... Braytner «nuqta»dan raqib darvozasini ishg‘ol qildi, Gerd Myuller esa 43-daqiqada g‘alaba goli muallifiga aylandi. Kroyf kiyinish xonasiga kirish arafasida referiga nojo‘ya so‘z aytgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko‘rilgandi. Natijada, keyingi 45 daqiqalikda Yoxan o‘ziga o‘xshamadi. Gollandlar yutqazishdi, o‘z navbatida, hujumchi Jonni Repning so‘zlari o‘sha bahsdagi muvaffaqiyatsizlik sabablaridan biri sifatida baholandi: «Biz germaniyaliklarni sharmandali holatda yengmoqchi edik. Bu xayol miyamizga o‘rnashib qolgandi. Ular esa shunchaki, g‘alaba qozonishni xohlashdi».

Gollandiya-1978 («overtaym»da Argentinaga imkoniyat boy berildi - 1:3)

Xalal bergan omillar: hakamlik, Mario Kempes, omadsizlik

To‘rt yil avvalgisidan alamliroq mag‘lubiyat. GFRda gollandlar finalga ruhan tayyor emasdilar, Argentinada esa tashqi faktorlar rol o‘ynagan. Birinchidan, hakamlik. Go‘yoki, hal qiluvchi bahsni boshqargan Serjo Gonella ortiqcha hushtak chalib, o‘yin sur’atiga ta’sir o‘tkazgan. Referi yevropaliklarning 46ta, argentinaliklarning esa 19ta holatda qo‘pollik ishlatishganini qayd etgan. Binobarin, bu paytda o‘yin to‘liq Gollandiya termasi nazoratida o‘tayotgandi. Ajabtovur raqamlar. Ikkinchidan, omadsizlik ham o‘z so‘zini aytdi. Rensebrink o‘yin yakunlanishiga 20 soniya qolganda to‘sinni mo‘ljalga oldi, agar o‘sha vaziyat to‘p kiritilishi bilan yakunlanganida, «overtaym»larga ehtiyoj tug‘ilmasdi. Mario Kempes esa o‘z ishini bajardi: «albiseleste» forvardi o‘z hisobiga «dubl» hamda 105 daqiqadagi g‘alaba golini rasmiylashtirdi.

Gollandiya-2010 («overtaym»da Ispaniya imkoniyat boy berildi - 0:1)

Xalal bergan omillar: hakam qarori, omadsizlik

O‘ttiz yil muqaddam aynan shu sabablar gollandlarga pand bergandi. Ispaniya final favoriti hisoblanar, o‘yin paytida ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratib buni isbotlagandi. Ammo ayrim holatlar uchrashuvning o‘zgacha tarzda yakunlanishiga ishora qilayotgandek edi. Misol uchun, Aryen Robben ispanlar posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqqanda, Puyol tomonidan yiqitildi, ammo Xovard Uebb buni nazardan chetda qoldirdi. Keyingi vaziyatda esa tezkor vinger o‘ta qulay imkoniyatni ko‘kka sovurdi. Boshqa tomondan, Nayjel De Yongning Xabi Alonsoga qarshi kung-fu uslubini qo‘llagani hamon yodimizda - o‘sha harakat yaqqol «qizil»ga tortardi, ammo angliyalik referi bunga ham ko‘z yumdi. Baribir, o‘sha oqshom gollandlar maydonda kamchilik bo‘lib qolishdi: 109-daqiqada Xeytinga chetlatildi. Penaltilar seriyasiga besh daqiqa qolganda esa Inyesta g‘alaba to‘pini kiritib, ispanlarga jahon chempionligini tuhfa etdi. Gollandlar mundial g‘olibligi yo‘lida yana shunday imkoniyatga ega bo‘lisharmikan? Balki omadsiz finalchilar safi yana bittaga kengayar? Ehtimol, Rossiyada o‘tadigan JCH yangi yulduzlarni kashf etar?

JCH g‘oliblari va finalchilari:

Braziliya: 5 g‘alaba (1958, 1962, 1970, 1994, 2002), 2ta final (1950, 1998)

Germaniya: 4 g‘alaba (1954, 1974, 1990, 2014), 4ta final (1966, 1982, 1986, 2002)

Italiya: 4 g‘alaba (1934, 1938, 1982, 2006), 2ta final (1970, 1994)

Argentina: 2 g‘alaba (1978, 1986), 3ta final (1930, 1990, 2014)

Urugvay: 2 g‘alaba (1930, 1950)

Fransiya: 1 g‘alaba (1998), 1ta final (2006)

Angliya: 1 g‘alaba (1966)

Ispaniya: 1 g‘alaba (2010)

Gollandiya: 3ta final (1974, 1978, 2010)

Chexoslovakiya: 2ta final (1934, 1962)

Vengriya: 2ta final (1938, 1954)

Shvesiya: 1ta final (1958)

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:32, 09.03.2017.
O'qildi: 9169 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.