Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR
18/06 01:00 Angliya - Xorvatiya
18/06 04:00 Gana - Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston - Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya - JAR
18/06 23:59 Shveysariya - Bosniya-Gertsegovina

Fabrisio Romano Robert Levandovski faoliyatini qayerda davom ettirishini ma’lum qildi

Fabrisio Romano Robert Levandovski faoliyatini qayerda davom ettirishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Barselona»ning sobiq hujumchisi Robert Levandovski yaqin vaqt ichida yangi klubi borasida bir qarorga kelishi mumkin.

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, polshalik futbolchi AQSHning «Chikago Fayr» klubidan tushgan taklifni ko‘rib chiqmoqda. Gap ikki yoki uch yillik shartnoma haqida ketmoqda.

Xabar qilinishicha, Levandovski oilasi va agenti bilan birga Yevropaga qaytgan hamda kelajagi borasidagi yakuniy qarorni shu yerda qabul qiladi. Uning Chikagoga tashrifi va klub vakillari bilan o‘tkazgan muzokaralari ijobiy baholanmoqda.

Ayni paytda 37 yoshli futbolchi 2026 yil may oyida «Barselona»ni tark etganidan keyin erkin agent maqomida qolmoqda. U kataloniyaliklar safida to‘rt mavsum davomida 183 ta uchrashuvda ishtirok etib, 119 ta gol urdi hamda jamoaning La Ligada uch marta chempion bo‘lishiga hissa qo‘shdi.

«Chikago Fayr»dan tashqari, hujumchiga «Inter Mayami», Saudiya Arabistoni klublari hamda Italiya A seriyasi vakillari ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Robert Levandovski Polsha terma jamoasi sardori bo‘lib qolmoqda. Biroq uning milliy jamoasi JCH–2026 final bosqichiga yo‘llanma ola olmadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 22:26, 15.06.2026.
O'qildi: 6839 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик