Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-0 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-0 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Zahiy Havass: «Men Messini ahmoq demadim»

Zahiy Havass: «Men Messini ahmoq demadim»

Baho:
+ | -

Misrlik taniqli arxeolog Zahiy Havass "Barselona" hujumchisi Lionel Messi sha’niga aytgan so‘zlari bo‘yicha raddiya berdi.

"Men hech qachon Messini ahmoq demaganman. Bunaqa narsa umuman bo‘lmagan. Mening so‘zlarimni noto‘g‘ri tarjima qilishibdi. Gap shundaki, tarjimon men aytgan gaplarni oxirigacha tarjima qilmagan.

Messi jahondagi eng muhim insonlardan biri ekanini ta’kidlab o‘tgandim. Bundan tashqari, uning Misrga tashrifi biz uchun muhim ahamiyatga ega edi. Bu haqda barcha biladi.

Shaxsan o‘zim Messidan hayratlanaman va uning o‘yinlarini o‘tkazib yubormasdan ko‘raman. U futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi ekaniga ishonaman. Men uni yaxshi ko‘raman va hurmat qilaman. Bir necha kun avval tizzamni murakkab operasiya qildirganimga qaramay, men u bilan uchrashuvga tashrif buyurdim.

Yana bir marta takrorlayman, tarjimon so‘zlarinim oxirigacha tarjima qilib bera olmadi. Axir Messi ingliz tilini bilmaydi. Men Messini xafa qilishim mumkin emas, boisi uning o‘yinlaridan hayratlanaman", – dedi arxeolog AS nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Messi yaqinda Misrga tashrif buyurib, xayriya tadbirida ishtirok etib qaytgandi.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 18:48, 09.03.2017.
O'qildi: 15335 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик