Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Ahmad Barman: «Finalda «Bunyodkor» va «Al-Ayn» o‘ynasa, qarshi bo‘lmasdim»

Ahmad Barman: «Finalda «Bunyodkor» va «Al-Ayn» o‘ynasa, qarshi bo‘lmasdim»

Baho:
+ | -

«Bunyodkor»ning OCHL doirasida o‘z maydonida o‘tkaziladigan o‘yinlardagi omadsiz seriyasi davom etdi. «Qaldirg‘ochlar» BAAning «Al-Ayn» klubiga qarshi kechgan bahsda imkoniyatni boy berishdi (2:3). Ha, tan olish kerak, «Al-Ayn» kuchli jamoa, o‘tgan mavsum Osiyo Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan. Uchrashuvdan avval Umar Abdulrahmonni mehmonlar tarkibidagi eng xavfli futbolchi, degandik. Amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Aynan uning ikki goli katta ahamiyat kasb etdi. Biz mazkur o‘yindan so‘ng mehmonlar yarim himoyachisi Ahmad Barmandan intervyu oldik.

- Ahmad, avvalo, o‘yin haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Uchrashuv kutilganidan ham shiddatli kechdi. «Al-Ayn» ham, «Bunyodkor» ham guruhning ilk o‘yinida ochko yo‘qotishgandi. Shu bois 2-turdagi g‘alaba har ikki jamoa uchun juda muhim edi. Ana shunday ahamiyatli bahsda uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan xursandmiz. Ta’kidlash joizki, bu g‘alabaga haqli ravishda erishdik. Aslida, Toshkentga shu maqsadda kelgan edik. «Bunyodkor»ni jiddiy tarzda o‘rganib chiqqandik. Tarkibida yosh futbolchilar ko‘p ekanligi va ular bizga jiddiy xavf solishini bilgandik. Shunday ham bo‘lib chiqdi. O‘yin kutilganidan qiyin kechdi. Yakunda g‘alaba bizga nasib etdi. Fursatdan foydalanib, ajoyib qabul uchun «Bunyodkor» klubi rahbariyati va mutasaddilariga minnatdorchilik bildiraman.

- Nimaning evaziga g‘alaba qozondinglar?

- Eng muhimi, ilk daqiqalardan hujumga o‘tdik. Ikkinchi raqam ostida harakat qilmadik. Agar shu taktikani tanlaganimizda, mag‘lubiyatga uchrashimiz yoki kamida ochko yo‘qotishimiz aniq edi. «Eng yaxshi himoya - hujum», deb bejiz aytishmagan. Sa’y-harakatlarimiz samarasi o‘laroq, tezkor gol urishga erishdik. Mana shu vaziyat ishimizni birmuncha yengillashtirdi.

- «Bunyodkor»ning o‘yini haqida qanday fikrdasiz?

- Juda iliq taassurot qoldirishdi. Yuqorida aytganimdek, jamoada yosh futbolchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Adashmasam, OCHLdagi eng navqiron tarkib «qaldirg‘ochlar»da bo‘lsa kerak. Ishonchim komilki, bu yoshlar tez orada klubning benazir futbolchilariga aylanishadi. «Bunyodkor» kuchli jamoa, agressiv, ya’ni tajovuzkor futbol namoyish etadi. Tinmay hujum uyushtiradi. 10 va 17-raqamli o‘yinchilar maydonda katta hajmdagi ishni bajarishar ekan. Uchrashuvdan oldin murabbiylarimiz mana shu ikki futbolchiga o‘yin bermasligimiz kerakligini uqtirishgandi. Bu futbolchilarni ijobiy ma’noda zararsizlantirishimizga qaramay, jarima maydonchamizda xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishda jonbozlik ko‘rsatishdi. Hattoki, ulardan biri darvozamizni ishg‘ol qilishga ham erishdi.

- Guruhning ilk o‘yinini o‘z maydoningizda Eron klubiga qarshi o‘tkazdinglar. O‘sha bahsda biroz kutilmagan natija - durang qayd etilgandi. G‘alaba qozonish uchun nima yetishmadi?

- Ha, bu uchrashuv biz uchun omadsiz yakunlandi. To‘g‘ri, «Zob-Ohan»ga qarshi bahsda bir ochkoga ega bo‘ldik. Lekin o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida yutuqqa erishmaslik - alamli. Shunga qaramay, barchasini unutib, 2-tur uchrashuviga puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Bu esa o‘z mevasini berdi. Mehmonda erishilgan g‘alaba evaziga 1-turda yo‘qotilgan ochko o‘rnini to‘ldirdik.

- «Pley-off»ga beriladigan yo‘llanmalar yo‘lida qaysi jamoalarni favorit deb hisoblaysiz? Faqat xolis fikr bildiring.

- To‘rttala jamoada ham deyarli bir xil imkoniyat saqlanib qolmoqda. Klublarning kuchi teng. Kvartetimizdagilarning hammasi «pley-off»ga chiqishga haqli. Afsuski, ulardan ikkitasi guruh bosqichidayoq o‘z yurishini to‘xtatadi. Jamoalar endigina 2tadan o‘yin o‘tkazishdi. Oldinda hali uchrashuvlar bor. Har qanday holat yuz berishi mumkin. Hozirdan bir narsa deya olmayman. To‘rttala jamoaga ham omad yor bo‘lsin. Finalda «Bunyodkor» va «Al-Ayn» o‘ynasa qarshi bo‘lmasdim. Jamoangizga keyingi bahslarda omad tilayman. Futbolchilaringizning kelajagi porloq.

- Bir necha yildan beri BAA chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik Aziz Haydarovni bilasizmi?

- Albatta. U deyarli mahalliy futbolchiga aylandi. Jamoasida uni hech kim legioner demaydi. Besh-olti yildan beri o‘ynab kelyapti. Tayanch yarim himoyasida ishonchli to‘p suradigan kamsonli o‘yinchilar sirasiga kiradi. Shuncha yildan beri «Al-SHabab» sharafini himoya qilib kelayotgani bejiz emas. Bilasiz, arab klublari legionerlarni uzoq vaqt ushlab turishmaydi. Tez-tez almashtirishadi. Muqim bir tarkib bilan bir necha yil o‘ynaydigan jamoalar deyarli yo‘q. Ammo Aziz o‘zining ishonchli o‘yini bilan klub rahbarlari va murabbiylarda hech qanday e’tiroz qoldirmadi. Bilishimcha, u avval «Bunyodkor» safida o‘ynagan. Bir narsani ishonch bilan ayta olaman, «qaldirg‘ochlar»ning hozirgi tarkibidan joy olgan 3-4 futbolchi BAA chempionatida bemalol o‘ynab keta oladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:14, 13.03.2017.
O'qildi: 8326 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.