«Man Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarimhimoyachi Yahyo Turening o‘yiniga baho berdi.
«Yahyo Ture eng katta va eng yaxshi klublarda o‘ynashga qodir. U istalgan joyida o‘ynay oladi. Yahyo joriy mavsumda menga juda katta yordam berdi, shuning uchun ham yaxshi futbol namoyish etdik.
Shartnoma? Bu haqda mavsum oxirida gaplashamiz. Hozircha navbatdagi o‘yinlarga e’tibor qaratamiz» - dedi Gvardiola Goal xabarida.