Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Xavi APL grandini boshqarishi mumkin

Xavi APL grandini boshqarishi mumkin

Baho:
+2 | -

«Barselona» klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi Angliya Premyer-ligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Independent nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis «Chelsi» bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi.

London klubi Liam Rosenyor bilan xayrlashishga qaror qilgach, yangi murabbiy qidirishni boshlagan. Manbaning ta’kidlashicha, «ko‘klar» rahbariyatiga Xavining o‘yin uslubi ma’qul kelmoqda. Bu uslub jamoaning Enso Mareska davridagi futbol falsafasiga yaqin ekani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Xavi 2024 yilning yozida «Barselona»ni tark etganidan buyon ishsiz yuribdi.

Hozirda «Chelsi» ichki chempionatda muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda. Jamoa APLning 35 turidan so‘ng 48 ochko jamg‘arib, turnir jadvalining 9-pog‘onasini egallab turibdi va Chempionlar ligasi hududidan tashqarida qolgan.

Kiritildi: 16:50, 05.05.2026.
O'qildi: 4925 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик