Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Luis Enrike: jomadon – vokzal – Xixon

Luis Enrike: jomadon – vokzal – Xixon

Baho:
+ | -

Parijda qayd etilgan 0:4 hisobi «Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike uchun har tomonlama og‘riqli zarba bo‘ldi. Birinchidan, uning shundoq ham «qimirlab» turgan kursisi qattiqroq «tebrana» boshladi. Harqalay, Kataloniya klubi rahbariyatining yangi bosh murabbiy izlash ishlarini kuchaytirgani haqida xabarlar yo‘q emas. Ikkinchidan, bu mag‘lubiyat Enrikening keyingi istiqboliga ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.

* * *    Matbuot xodimlari Luis Enrikening «Barselona» bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini batafsil tahlil etishga kirishdilar. Statistika bo‘yicha aytsak, asturiyalik mutaxassis superklubni shu kunga qadar 163ta rasmiy o‘yinga boshlab tushib, ularning 124tasi (76 foiz)da g‘alabani ta’minladi.

Luis Enrike futbolchi rolida «Real» bilan 1 marta, «Barselona» safida esa 2 marta Ispaniya chempioni maqomiga erishgan.

----------------------------------------

Enrike butsalarini mixga ilganidan so‘ng 2005-2008 yillar oralig‘ida marafon musobaqalarida 4 marta ishtirok etdi - AQSH, Gollandiya, Italiya va Marokashda.

* * *    Luis Enrike futbolchi sifatida ikki azaliy raqib - «Real» va «Barselona» safida o‘ynagan va har ikkisi bilan mamlakat chempioni bo‘lgan.

* * *    Sovrinlar masalasida ham Enrikening natijasi chakki emas. Deylik, u qisqa faoliyati davomida klub bilan imkoni bor barcha sovrinlarni qo‘lga kiritishga ulgurdi.

* * *     2ta 8:0 - bu Enrikening «Barselona» boshqaruvida qayd etgan eng yirik hisobli g‘alabasi. Murabbiy shuning barobarida 2 marta 0:4 ko‘rinishidagi salbiy hisobga yuz tutdi.

«Barselona»ni kim boshqaradi?

Italiya matbuoti tarqatgan xabarga ko‘ra, «Barselona» rahbariyati «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Oldinroq 49 yoshli mutaxassisning mavsum yakunida turinliklar bilan xayrlashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. «Barselona» sport direktori Ariyedo Brayda «Milan»dagi faoliyati orqali Allegrini yaxshi biladi. Aynan u Massimilianoni eng munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, «Everton» ustozi Ronald Kuman nomzodi ham bor. U Angliya jamoasi bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortdi. SFR Sport1 esa Kataloniyaliklarning  «Bordo»  va «PSJ» klublari hamda Fransiya termasi sobiq bosh murabbiyi Loran Blan bilan muzokara olib borgani haqida xabar tarqatdi. Eslatma, Blan 1996-1997 yillar mavsumida «Barselona» sharafini himoya qilgan. Xullas, Luis Enrikening kelajagi mavhum. Uning shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z kuchini yo‘qotadi. Enrikening o‘zi kelajagi xususida aprelgacha bir to‘xtamga kelishini aytgandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 18:37, 13.03.2017.
O'qildi: 16041 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик