Opta statistik platformasining superkompyuteri UYEFA Chempionlar ligasining joriy mavsumida g‘olib chiqish imkoniyati eng yuqori bo‘lgan jamoalarni aniqladi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, o‘tgan mavsum finalchisi — Londonning "Arsenal" klubi musobaqaning asosiy favoriti sifatida baholanmoqda. "Kanonirlar"ning chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli 21 foizni tashkil etmoqda.
Ikkinchi o‘rinda "Manchester Siti" qayd etilgan. Manchesterliklarning bosh sovringa ega chiqish imkoniyati 18 foizga baholangan.
Kuchli uchlikni esa Myunxenning "Bavariya" klubi yakunlab bergan. Germaniya jamoasining Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lish ehtimoli 17 foizni tashkil qiladi.
13 oktyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-tur uchrashuvlari start oladi.
Ushbu turda "Arsenal" o‘z maydonida Fransiyaning "Lill" klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.
Shu kuni "Bavariya" Norvegiyaning "Viking" jamoasi mehmoni bo‘ladi.
"Manchester Siti" esa 14 oktyabr kuni o‘z maydonida Parijning "PSJ" klubiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da start oladi.













