Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda

«Bunyodkor» Sergey Lushchan bilan OCHL guruh bosqichidagi 15 ta o‘yinning birortasida ham yuta olmagan

«Bunyodkor» Sergey Lushchan bilan OCHL guruh bosqichidagi 15 ta o‘yinning birortasida ham yuta olmagan

Baho:
+ | -

Toshkentning «Bunyodkor» klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichining ketma-ket 15 ta o‘yinida g‘alaba qozona olmadi hamda klub antirekordlari seriyasini yana-da uzaytirdi. Bunga «qaldirg‘ochlar» bosh murabbiy Sergey Lushchan boshqaruvida «muvaffaq» bo‘ldi.

«Bunyodkor» Chempionlar ligasining guruh bosqichida so‘nggi bor 2014 yilning aprel oyida zafar quchgan bo‘lib, o‘shanda klubni Aleksandr Volkov boshqarayotgandi. Keyinroq «Bunyodkor» guruhni muvaffaqiyatli yakunlashga erishgandi.

Keyingi ikki mavsumda esa jamoaga Sergey Lushchan ustozlik qildi va «Bunyodkor» har ikkisida ham guruhda qolib ketdi. Vaholanki klub bunga qadar musobaqadagi barcha ishtirokida guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tgandi.

2015 va 2016 yilgi mavsumlarda «Bunyodkor» guruh bosqichida jami 12 ta uchrashuv o‘tkazib, shularning 4 tasida durang o‘ynadi va 8 tasida imkoniyatni boy berdi. 2017 yilga kelib esa bu qora an’ana davom etdi hamda «qaldirg‘ochlar» guruh bosqichini ketma-ket uch mag‘lubiyat bilan boshladi.

Sergey Lushchan OCHL guruh bosqichida 15 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, shularning 11 tasida imkoniyatni boy bergan va bittasida ham zafar quchmagan.

Ma’lumot uchun, Sergey Lushchan boshqaruvida «Bunyodkor» O‘zbekiston chempionatida ikki bor 4-o‘rinni egallagan (2014 va 2015 yillar). Bunga qadar «qaldirg‘ochlar» 2-o‘rindan pastga tushmagan bo‘lib, Lushchan rahbarligida kuchli uchlikka ham kira olmagandi.

Sergey Lushchan OCHL guruh bosqichida hech bo‘lmaganda 1 ta bellashuvni durang bilan yakunlay olgan. 2017 yilgi mavsumda «Bunyodkor» barcha o‘yinda mag‘lub bo‘lib, yana bir antirekordini o‘rnatishi ham mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:20, 14.03.2017.
O'qildi: 7816 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик