O‘zbekiston kubogining 1/16 finalidan o‘rin olgan ikkita o‘yinning o‘tkazilish joyi o‘zgardi.
Urganch va Nukusdagi stadionlarning maydoni tayyor emasligi bois, «Xorazm» - «Navbahor» va «Orol» - «So‘g‘diyona» o‘yini mos ravishda Namangan (25 mart) va Jizzax (26 mart) shaharlariga ko‘chirildi.
«Nurafshon» - «Paxtakor» o‘yini esa toshkentliklarning bir qator futbolchilari terma jamoa yig‘iniga chaqirilgani sababli 24 martdan 10 aprelga qoldirildi.