Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Qatar va Kanada yoshlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Qatar va Kanada yoshlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi  O‘zbekiston U-22 terma jamoasi 21–27 mart kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazadi.

Yig‘in doirasida Jasur Abduraimov shogirdlari 23 mart kuni Qatar U-22 termasiga qarshi, 25 mart kuni esa Kanada U-22 termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Doha shahridagi yig‘inga quyidagi futbolchilar jalb etilgan:

Darvozabonlar: Botirali Ergashev, Umidjon Ergashev;

Himoyachilar: Akram Komilov, Hojiakbar Alijonov, Rustam Ashurmatov, Husniddin G‘ofurov, Islomjon Qobilov, Dostonbek Tursunov;

Yarim himoyachilar: Hurshid G‘iyosov, Azizjon G‘aniyev, Doston Ibragimov, Javohir Sidiqov, Jasurbek Yaxshiboyev, Abdujamol Isroilov, Jamshid Yusupov, Nurillo To‘xtasinov, Javohir Qahramonov;

Hujumchilar: Andrey Sidorov, Zabihillo O‘rinboyev, Begzod G‘anijonov.

Mazkur o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini O‘zbekiston U-22 terma jamoasi uchun 2018 yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Kecha, 17 mart kuni bo‘lib o‘tgan qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U-22 terma jamoasi saralashning “D” guruhidan joy oldi. Guruh bosqichida Jasur Abduraimov jamoasi BAA, Livan va Nepal yoshlariga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuvlar shu yilning 15–23 iyul kunlari BAAda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi 2018 yilning 9–27 yanvar kunlari Xitoyda o‘tkaziladi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 12:28, 18.03.2017.
O'qildi: 8856 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик