Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Chelsi» Gyuler uchun qancha mablag‘ to‘lashga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi

«Chelsi» Gyuler uchun qancha mablag‘ to‘lashga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» yarim himoyachisi Arda Gyuler «Chelsi»ning qiziqishlar doirasiga tushdi. Sportsboom nashrining xabariga ko‘ra, London klubi turkiyalik futbolchining transferi uchun 100 million funt sterling to‘lashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bu «ko‘klar»ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonsoning shaxsiy istagi bo‘lib, u avvalroq «Real»da Gyuler bilan birga ishlagan. Shunga qaramay, ayni damda «Real» o‘z yarim himoyachisini sotishga tayyor emas. Shuningdek, futbolchini «Liverpul» va «Arsenal» klublari ham kuzatib bormoqda.

Hozirgi vaqtda Gyulerning o‘zi uchun ham «qaymoqranglilar» safida to‘p surish ustuvor vazifa hisoblanadi.

2025/26 yilgi mavsumda Arda Gyuler «Real» tarkibida barcha turnirlarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:16, 10.06.2026.
O'qildi: 654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик