Jahn chempionat boshlanishiga 1 kun vaqt qoldi. Mundialda qatnashadigan 48ta terma jamoaning bosh murabbiylari turlicha vazifalar bilan musobaqaga yetib kelishgan, Vazifa turlicha bo‘lgani bilan, maqsad bitta — jahon chempionatida munosib qatnashish.
France Football mundialda qatnashadigan murabbiylarning maoshlari bo‘yicha reyting tuzib chiqdi. O‘zbekiston bosh murabbiyi Fabio Kannavaro mazkur reytingda Fransiya, Niderlandiya va Urugvay terma jamoalari bosh murabbiylaridan yuqorida.
Turnirdagi eng ko‘p maosh oluvchi 12 nafar murabbiy ro‘yxati quyidagicha ko‘rinishga ega.
Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi AQSH kuchli uchlikdan joy olgan, JCHning yana ikki mezboni Kanada va Meksika bosh murabbiylari esa 10 va 11-o‘rinlarda bormoqda. Beshinchi o‘rinni portugaliyaliklar ustozi Roberto Martines bilan bir xil maosh oladigan O‘zbekiston bosh murabbiyi Fabio Kannavaro egallagan.
Reytingni yiliga 10 million yevro maosh oladigan Braziliya ustozi Karlo Anchelotti boshqarib turibdi.
Chempionlikka asosiy da’vogar bo‘lgan 8 ta terma jamoaning ikkitasi — Argentina va Ispaniya bosh murabbiylari Top-12 talik ro‘yxatda yo‘q.
Lionel Skalaoni 2,3 mln yevro, Luis De La Fuente esa 2 mln yevro maosh oladi. Yaponiya bosh murabbiyi Xadzime Moriyasu esa yiliga 1,1 mln yevro maoshga ishlaydi. Belgiya va Shotlandiya terma jamolari bosh murabbiylari esa yanayam kamtarroq maoshga ega: Rudi Garsiya 700 ming yevro, Stiv Klark esa 530 ming yevro maosh oladi.













