Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

“Men sog‘man” — Masharipov vaziyat bo‘yicha izoh berdi

“Men sog‘man” — Masharipov vaziyat bo‘yicha izoh berdi

Baho:
+ | -2

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov jarohat sababli 2026 yilgi Jahon chempionati uchun e’lon qilingan 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibdan chiqarilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ushbu xabarlar ortidan, Jaloliddin Masharipov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi:

“Menga sog‘lik tilagan barchaga, katta rahmat. Men sog‘man”, deya yozgan futbolchi.

O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilinishicha, so‘nggi haftalarda futbolchini bel qismidagi og‘riqlar bezovta qilgan. Davolash va fizioterapiya muolajalari orqali uning holati yaxshilangani, biroq jarohat yana qaytalagan.

O‘tkazilgan MRT tekshiruvi natijasida Masharipovda umurtqalararo disk churrasi qayta zo‘raygani aniqlangan.

Avvalroq terma jamoaning mundial uchun yakuniy tarkibida o‘zgarish yuz bergani va Masharipov, hatto faoliyatini yakunlashi mumkinligi xabar qilingan edi. Jaloliddin Masharipovning o‘rnini Ruslanbek Jiyanov egallashi kutilmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:03, 10.06.2026.
O'qildi: 2191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик