Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Shekspir: «Lester» ko‘rsatayotgan natijalar bilan faxrlanaman»

Shekspir: «Lester» ko‘rsatayotgan natijalar bilan faxrlanaman»

Baho:
+ | -

"Lester" bosh murabbiyi Kreyg Shekspir Angliya chempionatining 29-turi doirasida "Vest Xem"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (3:2) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Ushbu o‘yinda g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. O‘yinni juda yaxshi boshladik va gollar urdik. Lekin bahs so‘ngida bizni devorga qamab qo‘yishdi.

"Vest Xem"ga tan berish kerak. Raqibimiz ikkinchi bo‘limda juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Kasper Shmeyxel seyvlar namoyish qilishiga to‘g‘ri keldi. Yuragim qinidan chiqib ketay dedi. O‘yinchilarning konsentrasiyasini saqlab qolish uchun tashqi xotirjamlikni saqlab qolishga harakat qildim.

"Lester" ko‘rsatayotgan natijalar bilan faxrlanaman. Endi terma jamoalarning o‘yinlari uchun tanaffus e’lon qilinadi. Bu vaqtda biz keyingi o‘yinlar uchun batareyamizni qaytadan zaryadlab olishimiz kerak", – dedi Shekspir.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 09:28, 19.03.2017.
O'qildi: 6145 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик