Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Qatorasiga ikkinchi yirik g‘alabasidan keyin Uzbek Tigers guruhda 2-o‘ringa ko‘tarildi

Qatorasiga ikkinchi yirik g‘alabasidan keyin Uzbek Tigers guruhda 2-o‘ringa ko‘tarildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 4-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi 18 mart, shanba kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida Xitoyning China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib bordi.

Boks oqshomida ringga ko‘tarilgan barcha o‘zbekistonlik bokschilar ishonchli g‘alabalarga erishdi. Bektemir Meliqo‘ziyev (-81 kg) va Bahodir Jalolov (+91) raqiblarini hatto texnik nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Uzbek Tigers — China Dragons 5:0

-52 kilogramm: Abrorjon Qodirov – Yong Chang 3:0;

-60 kilogramm: Murodjon Ahmadaliyev – Sen Vang 3:0;

-69 kilogramm: Shahram G‘iyosov – Vey Liu 3:0;

-81 kilogramm: Bektemir Meliqo‘ziyev – Jiabin Xuang —Meliqo‘ziyev texnik nokaut bilan yutdi;

+91 kilogramm: Bahodir Jalolov – Xaypeng Mu — Jalolov texnik nokaut bilan yutdi.

Mazkur g‘alaba Uzbek Tigers uchun mavsumdagi ketma-ket ikkinchisi bo‘ldi. 4 mart kuni O‘zbekiston jamoasi Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilarini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Uzbek Tigers yirik g‘alabaga erishgan kuni Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi o‘z uyida Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi ustidan 4:1 hisobida ustun keldi.

«C» guruhi 4-turidan keyin qozog‘istonlik bokschilar jamoasi birorta mag‘lubiyatsiz 12 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. 2 ta mag‘lubiyat va 2 ta g‘alabadan keyin Uzbek Tigers ochkolari sonini 6 taga yetkazib, guruhda 4-pog‘onadan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Foto: WSB

Ma’lumot o‘rnida, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017 yil hisobidan 4 ta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyin Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilishga erishdi. 4-turda esa O‘zbekiston jamoasi China Dragons’ni 5:0 hisobida yutdi va safardagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:59, 19.03.2017.
O'qildi: 10259 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.