Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

“Dinamo” - “Nasaf” o‘rtoqlik o‘yinida g‘olib aniqlanmadi

“Dinamo” - “Nasaf” o‘rtoqlik o‘yinida g‘olib aniqlanmadi

Baho:
+ | -

Milliy terma jamoamiz o‘yini bois, Oliy ligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida, «Nasaf» bugun “Dinamo” bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

O‘yin Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘rtoqlik uchrashuvining 2-daqiqasidayoq “Nasaf” hisobda oldinga o‘tib oldi. Bobir Abduxoliqov raqib darvozasini aniq nishonga oldi – 0:1.
Bu goldan so‘ng samarqandlik futbolchilar hujumga zo‘r berishdi. Ana shunday hujumlarning birida, 21-daqiqada himoyachimiz M.Karimov jarima maydonida “Dinamo” jamoasi o‘yinchisini to‘xtatib qoldi. Bu vaziyatda uchrashuv hakami ikkilanmasdan 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Penaltini Sardor Sulaymanov aniq amalga oshirdi va oradagi hisobni tenglashtirdi - 1:1.
Birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi.
Ikkinchi bo‘limning 72-daqiqasiga kelib, maydon egalari hisobda oldinga o‘tib olishdi. “Dinamo” jamoasining ikkinchi golini Amirjon Safarov urdi.
Tajribali hujumchi Shaxboz Erkinov 76-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Bu vaziyatda Sharof Muhitdinovning burchakdan oshirib bergan to‘pini Erkinov boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi – 2:2.
Shunday qilib, qiziqarli o‘tgan “Dinamo” – “Nasaf” o‘rtoqlik uchrashuvi durang natija bilan yakunlandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi. 19.03.2017
“Dinamo” (Samarqand) – “Nasaf” (Qarshi) 2:2 (1:1)
Samarqand sh., “Dinamo” stadioni. 16:00
Bosh hakam: Zokir Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Obid Jumaboyev, Ruslan Samandarov (ikkalasi ham Navoiydan)
Zaxira hakami: Amal Sultanov (Navoiy)
Gollar: Sardor Sulymanov (penaltidan), 21’-1:1, Amirjon Safarov, 72’-2:1 - Bobir Abduxoliqov, 2’-0:1, Shaxboz Erkinov, 76’-2:2.

“Dinamo”: 1.Mixail Naumov, 2. Mirkomil Lokayev, 3.Bunyod Isroilov (13. Asomiddin Mamatov 78), 8. Jasur Azimov, 10. Javohir Qahramonov (24. Timur Fayzullayev 75), 9. Sardor Sulaymonov 20. Amirjon Safarov 60), 14. Radu Rogak, 15. Shoxruxbek Holmatov, 18. Damir Nizanov (11. Abdumalik Abdullayev 52), 22. Abdujamol Isroilov (7. Omadjon Tayloqov 75), 23. Komil Sharofutdinov (21. Iskandar Xolmirzoyev 54).
Zaxira: 16. Rustam Toshturdiyev, 2. Mirkomil Lokayev, 4. Hakimxon Alamxonov, 24. Timur Fayzullayev.
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov (1.Umid Ergashev 67), 2.Akmal Shorahmedov (6.Aziz G‘aniyev 60), 4.Maqsud Karimov (31.Saydullo Rahmatov 82), 10.Dilshod Rahmatullayev (5.G‘olib G‘aybullayev 77), 14.SHarof Muhitdinov (8.Sirojiddin Qo‘ziyev 82), 18.Bahrom Abdurahimov (38.Doniyor Narzullayev 60), 20.Islom Kenjaboyev (15.SHaxboz Erkinov 60), 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov, 15.Bobir Abduxoliqov (9.Dilshod Xushbakov 60), 69.Dragan Cheran.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 18:24, 19.03.2017.
O'qildi: 7952 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик