Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Astana Arlans muddatidan avval pley-offda. Uzbek Tigers’ning imkoniyati qanday?

Astana Arlans muddatidan avval pley-offda. Uzbek Tigers’ning imkoniyati qanday?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Butunjahon boks seriyasining (WSB) VII mavsum «C» guruhi 4-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi 18 mart, shanba kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida Xitoyning China Dragons bokschilariga qarshi bahs olib borib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini rasmiylashtirdi.

Shu kuni guruh peshqadami – Qozog‘istonning Astana Arlans bokschilari o‘z uyida Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasiga qarshi bahs yuritdi va 4:1 hisobida zafar quchdi. «C» guruhi 4-turidan keyin qozog‘istonlik bokschilar jamoasi birorta mag‘lubiyatsiz 12 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda va muddatidan oldin pley-offga chiqqan. 2 ta mag‘lubiyat va 2 ta g‘alabadan keyin Uzbek Tigers ochkolari sonini 6 taga yetkazib, guruhda 4-pog‘onadan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«A» guruhida Kolumbiyaning Colombia Heroicos bokschilari ham nimchorak final masalasini hal qilib ulgurgan. O‘tgan yilgi chempion – Kubaning Cuba Domadores bokschilari ham katta ehtimol bilan pley-offga yo‘l oladi.

«B» guruhida vaziyat biroz chigallashgan. Bir yo‘la 3 jamoa hisobida 7 ochko mavjud. Ularning barchasi qolgan janglarda faqat g‘alaba uchun ringga chiqishini taxmin qilish qiyin emas.

Ma’lumot o‘rnida, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017 yil hisobidan 4 ta jang o‘tkazdi. O‘zbekistonlik bokschilar avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyin Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-turda Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qilishga erishdi. 4-turda esa O‘zbekiston jamoasi China Dragons’ni 5:0 hisobida yutdi va safardagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi.

Uzbek Tigers guruh bosqichi 5-turini 1 aprel kuni Toshkentda Astana Arlans’ga qarshi o‘tkazadi. So‘nggi turda esa O‘zbekiston jamoasi Rossiyaga safar uyushtirib, 22 aprel kuni Patriot Boxing Team bilan kuch sinashadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:12, 20.03.2017.
O'qildi: 24849 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.