«Arsenal» himoyachisi Ektor Belyerin «Barselona»ga qaytishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi.
«Bir qator katta klublar men bilan qiziqmoqda, bu ajoyib. Agar ular orasida «Barsa» ham bo‘lsa – bu o‘zgacha voqea. Men qayerda o‘sganimni, «Barselona»dagi davrimni unutmayman.
Myenga bo‘lgan ishonchning yo‘qligini his qilganimdan so‘ng «Barsa»ni tark etganman. 16 yosh edim, meni jamoadan chetlab qo‘yishgandi. Judayam qayg‘uga botgan edim» - dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Belyerin «Arsenal» bilan 2021 yilgacha shartnoma imzolagan.