Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

JCH–2018 saralashi. Suriya – O‘zbekiston uchrashuvi prevyusi

JCH–2018 saralashi. Suriya – O‘zbekiston uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -

Osiyo mintaqasidan JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi ikkinchi davrasiga ertaga, 23 mart kuni start beriladi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Suriyaga qarshi bahs olib boradi.

Bo‘lajak o‘yinda Suriya nominal mezbon bo‘lgani hamda mamlakatda siyosiy barqarorsizlik hukmronlik qilayotgani uchun Osiyo futbol konfederasiyasi o‘yinni neytral zona – Malayziyada o‘tkazilishini ta’minladi.

Mazkur bellashuv Malakka shahridagi 40 ming muxlisga mo‘ljallangan Hang Jebat Stadium maydonida o‘tkaziladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 17:00)da start oladi.

O‘zaro uchrashuvlar
O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu kungacha Suriya bilan ikki marta to‘qnash kelgan. 1996 yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqichida suriyaliklar 2:1 hisobida zafar quchgandi. JCH–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi 1-turida O‘zbekiston termasi Toshkentda Suriya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan.

FIFA reytingidagi o‘rni
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda FIFA reytingida 63-pog‘onadan joy egallab turibdi. Osiyo mamlakatlari orasida milliy terma jamoa Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Saudiya Arabistonidan keyin oltinchi o‘rinda joylashgan.

Suriya terma jamoasi FIFA reytingida 95-o‘rindan joy olgan. Osiyo mamlakatlari orasida Suriya 10-o‘rinda bormoqda.

Uchrashuv rasmiylari
Suriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yin BAAlik hakamlar guruhiga topshirildi. Abdulla Muhammad Hasan uchrashuv bosh hakami etib tayinlandi. Unga qanotlarda Muhammad al-Hammadiy hamda Hasan al-Mahriy yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini Ahmad Hamis al-Naqbiy bajaradi.

Hakamlar nazoratchisi sifatida avstraliyalik Edvard MakGregor ish olib boradi. Uchrashuv komissari – Xin Chyong (Gong Kong). Xitoylik Syaolong Deng OFK vakili sifatida o‘yinga taklif etilgan.

Yo‘qotishlar
Bo‘lajak uchrashuv oldidan O‘zbekiston terma jamoasi bitta yo‘qotishga duch keldi. Moskvaning “Lokomotiv” klubida to‘p surayotgan Vitaliy Denisov “Spartak” jamoasiga qarshi (1:1) Rossiya chempionati 20-turida jarohat olgani uchun Suriyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Suriya termasida yo‘qotishlar yo‘q.

Guruhdagi vaziyat
“A” guruhi 5-turidan keyin Eron terma jamoasi 11 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, Janubiy Koreya 10 ochko bilan 2-o‘rinni band qilib turibdi. Kuchli uchlikdan hisobda 9 ochko bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi joy olgan. Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Suriya (5 ochko), Qatar (4 ochko) va Xitoy (2 ochko) terma jamoalari joy egallagan.

JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-t T - NOchko
1 Eron 5 3 2 0 4-0 11
2 Janubiy Koreya 5 3 1 1 8-6 10
3 O‘zbekiston 5 3 0 2 5-3 9
4 Suriya 5 1 2 2 1-2 5
5 Qatar 5 1 1 3 3-6 4
6 Xitoy 5 0 2 3 2-6 2

JCH–2018 uchinchi saralash bosqichi
“A” guruhi, 6-tur
Xitoy – Janubiy Koreya (16:35)
Suriya – O‘zbekiston (17:00)
Qatar – Eron (21:00)

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 09:59, 22.03.2017.
O'qildi: 16116 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.