Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Shaxram G‘iyosov — WSB 4-turining eng yaxshi bokschisi

Shaxram G‘iyosov — WSB 4-turining eng yaxshi bokschisi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

17-18 mart kunlari Toshkent shahrida WSB guruh bosqichining navbatdagi janglari o‘tkazildi.

An’anaga ko‘ra, WSB har turdan so‘ng eng yaxshi bokschini aniqlash uchun so‘rovnoma tashkil etdi. Ushbu so‘rovnomada “Kolumbiya Heroicos” jamoasidan Palasio Karrillo (81 kg), “Astana Arlans” a’zosi Zafir Safiullin (60 kg) va "Uzbek Taygers"dan Shaxram G‘iyosov (69 kg) nomzodi o‘rin olgan edi. Yakunda, hamyurtimiz o‘z raqiblariga nisbatan katta farq bilan so‘rovnoma g‘olibiga aylandi. Shaxram G‘iyosov jami berilgan ovozlarning 87%ini qo‘lga kiritdi.

O‘z g‘alabalarini futbolchi Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlaydigan bokschimiz ushbu turda "Chayna Dragons" jamoasi a’zosi Lui Veyga umuman imkoniyat qoldirmagan holda, 3:0 hisobida zafar quchgan edi.

So‘rovnomaning keyingi o‘rinlarda kolumbiyalik Palasio Karrillo 7%, va qozog‘istonlik Zafir Safiullin 6% ovoz to‘plashdi.

Eslatib o‘tamiz, “Uzbek Taygers” jamoasi “C” guruhida 6 ochko bilan pley-off masalasini hal etib bo‘lgan “Astana Arlans”dan (12) keyingi ikkinchi o‘rinda bormoqda. 1 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan turda hamyurtlarimiz Toshkentda aynan “Astana Arlans” jamoasiga qarshi ringga ko‘tarilishadi. Mazkur uchrashuvdagi g‘alaba o‘zbek jamoasi uchun juda muhim.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 11:54, 22.03.2017.
O'qildi: 16964 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик