Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Interfutbol.uz blogida: Terma jamoamiz g‘alabasiga ishonish uchun uch sabab

Interfutbol.uz blogida: Terma jamoamiz g‘alabasiga ishonish uchun uch sabab

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasini bugun juda muhim uchrashuv kutib turibdi. Qalbimizda biroz xavotir borligini hech kimdan yashira olmaymiz. Olti oy muqaddam aynan shu raqibga qarshi kechadigan o‘yin oldidan ko‘nglimiz biroz tinch edi, chunki bizning yigitlar Suriyadan bir bosh baland turishiga ishonar edik.

Hozir ham bunga ishonamiz. Ammo shu bilan birga suriyaliklar Eron va Janubiy Koreya bilan o‘z maydonida, aniqrog‘i, Malayziyaning Paroi shahridagi stadionda durang o‘ynab, Xitoyni esa safarda yengib, qalbimizga biroz g‘ulg‘ula solib qo‘yishgani ham bor gap. Hali biror jamoa u yerdan uch ochko bilan qaytmagani esa har qanday odamni o‘ylantirib qo‘yishi muqarrar.

Ammo shularning barchasiga qaramay, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi safardan uch ochko bilan qaytishiga ishonamiz va bu ishonchimizni asoslab berishimiz ham mumkin. Quyida buning uchta sababini keltirib o‘tamiz.

1.RAQIBNI MENSIMASLIK

Eron va Janubiy Koreya terma jamoalarining Suriyaga qarshi o‘tkazgan o‘yinlarini ko‘rganlar bo‘lsa, har ikki jamoa ham raqibni biroz mensimay o‘ynaganini sezgan bo‘lsalar kerak. Bu esa, nafaqat Eron va Janubiy Koreya, balki juda ko‘p jamoalarga pand bergan. Futbol oliftalarni yoqtirmaydi. U faqat maydonga ter to‘kib kiradiganlarni suyadi. Saviya jihatidan ustun bo‘lganlar ba’zan manmansirab ketib, bir oyoqda o‘ynab ham raqibni yutib qo‘yishlariga ishonadilar. Bu esa og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rganmiz.

Raqibni mensimay maydonga tushgan jamoa hisobni tezda ochib olmasa, daqiqa o‘tgani sari o‘yin tizginini qo‘ldan boy beraveradi. Bu esa, asabiylik, pala-partishlik va shoshma-shosharlikka olib keladi. Oqibatda autsayder jamoa o‘z maqsadiga yetadi. Suriyaga durang olib kelgan omillardan biri aynan mana shu edi. Xo‘sh, O‘zbekiston terma jamoasi bilan ham shunday bo‘lmasmikan?

Aslini olsak, aynan shu jihat, ya’ni raqibni mensimaslik o‘zimizga ham birinchi o‘yinda sal qolsa pand berishi mumkin edi. Yodingizda bo‘lsa, o‘sha uchrashuvda futbolchilarimiz ikkinchi bo‘limning o‘rtalariga qadar hisobni ocha olishmagan va ancha asabiylashib qolishgandi. Baxtimizga Aleksandr Geynrix zaxiradan maydonga tushib, barchasini hal qildi. Umid qilamizki, futbolchilarimiz bu safar ishni shu qadar cho‘zib yubormaydilar. Ular o‘sha uchrashuvdan ancha saboq olishgan va bugun ortiqcha muammosiz g‘alabaga erishadilar.

2. PAROIDAGI MAYDON

Bu hali hammasi emas davomi: www.iff.uz

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:18, 23.03.2017.
O'qildi: 16525 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.