Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Copa America»dan keyin Messi faoliyatidagi 10 muhim voqea

«Copa America»dan keyin Messi faoliyatidagi 10 muhim voqea

Baho:
+ | -

Lionel Messi o‘tgan yili “Copa America” musobaqasida boshidan kechirgan alamli mag‘lubiyatdan keyin ancha vaqt o‘tdi. Goal nashri Messining 8 oydan buyon o‘tkazgan muhim 10 voqeani eslab o‘tdi.

Hech kim mag‘lubiyatlarga chiday olmaydi. Shu jumladan, Messi ham. Argentinalik futbol “dahosi” o‘tgan yili Nyu Jersidagi bellashuvda osmonga qarata tepgan penaltisidan keyin tushkunlikka tushib qolgan edi. Bu og‘ir va alamli mag‘lubiyatdan keyin argentinalik yulduz keskin qarorlar qabul qildi va uni qayta ko‘rib chiqdi. Deyarli bir yil ichida Messi yana avvalgi Messiga aylandi.

2016 yil 26 iyun : Termadagi faoliyatiga yakun

“Copa America”ning 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan turnir finali Lionel Messining terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasalishiga olib keldi. Ikki yil ketma-ket Argentina finalda Chiliga ro‘baro‘ keldi. Ikkala finalda ham penaltilar seriyasigacha brogan bellashuvda chililiklarning qo‘li baland kelaverdi. Messi ortiq chidab turolmadi va quyidagi fikrlarini aytib o‘tdi: “Terma jamoa men uchun tugadi. Bu safar 4-finalni boy berdik. Bu men va butun jamoadoshlarim uchun og‘ir. Argentinani chempionlikka olib borishni juda istagandim biroq endi buni amalga oshira olmayman.”

2016 yil 12 avgust – Qaytish

Ikki oydan kamroq vaqt ichida o‘z qarorini qayta o‘zgartirgan Messi terma jamoaga qaytish istagini bildirdi. “Final oqshomida boshimdan ko‘p narsalar o‘tdi va men jiddiy tarzda termadan ketishni ko‘zlagandim, biroq ushbu mamlakat va futbolkasiga bo‘lgan muhabbatim juda kuchli.” Bu so‘zlarni aytgan paytida Messi sariq sochli va soqolli kishiga aylangandi. Uning termaga qaytishi esa do‘stlari, dushmanlari va umuman futbol muxlislarini xotirjam qildi.

2016 yil 17 avgust – Yangi sovrin

«Barselona» – “Sevilya” (3-0). Amaldagi Ispaniya chempionlari safar uchrashuvidayoq Messining sa’y-harakatlari evaziga g‘alabaga erishdi. Bu qozonilgan sovrin esa albatta, Messini biroz tinchlantirgani aniq.

2016 yil 2 sentyabr – “Gunohni yuvish”

Argentina – Urugvay (1-0). Qayta ishga kirishgan Lionel Messi do‘sti Luis Suaresning Urugvayiga qarshi muhim uchrashuvni o‘tkazdi. g‘alaba juda muhim edi boisi, argentinaliklar guruh peshqadamiga aylanib olardi. Messining yagona goli esa jamoasining ishini osonlashtirdi.

2016 yil 19 oktyabr – Shedevr

«Barselona» – “Manchester Siti” (4-0). Kuzning eng muhim ilk o‘yinini ustozi Gvardiola jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Bu qayta uchrashuvda Messi Gvardiolaning “Siti”sini ayab o‘tirmadi. Jamoasi bilan ajoyib o‘yin ko‘rsatgna Messi yakunda yirik 4-0 hisobida “shaharliklar”ni mag‘lub etdi.

2016 yil 3 dekabr – “El Klasiko”

“Barselona” – “Real Madrid” (1-1). Azaliy raqiblar o‘rtasidagi ushbu bellashuv bizning xotiramizda uzoq qolmasligi aniq. Boisi, ushbu matchda argentinalik va portugaliyalik futbol yulduzlarining ijrosidagi raqobatni umuman ko‘rmadik. Messi va Ronaldu ushbu bahsda chorasiz holatda qolib ketishdi. Katta sahnaga Ramos chiqdi. Uning o‘yin tugay deb qolgan bir paytda urgan goli ko‘proq yodimizda qolsa kerak.

2017 yil 1 fevral – Kiritilgan o‘lja

“Atletiko Madrid” – “Barselona” (1-2). Statistikaga ko‘ra “Visente Kalderon” Messining eng “sevimli” stadionlaridan biri. Ispaniya Kubogi yarim finali dastlabki bahsida “Barselona” Suares va Messilarning goliga Grizmann javob qaytardi. Messining goli esa javob uchrashuvidan oldin kataloniyaliklarga katta ustunlikni taqdim etdi.

2017 yil 15 fevral – “Xo‘rlanish”

«PSJ» – “Barselona” (4-0). Lionel Messi va uning jamoadoshlari Parijga o‘zlarida g‘alabaga bo‘lgan qat’iy ishonch bilan yo‘l olishdi. Biroq, “Park de Prens”da barchasi aksiga oldi. “PSJ” “Barselona”ga qaqshatqich zarba berdi va dastlabki uchrashuvda yirik 4-0 hisobida g‘olib chiqdi. Messi esa Chempionlar Ligasida debyutini nishonlagan Kimpembe tarafidan munosib qarshilikka duch keldi va butun o‘yin davomida yo‘qolib qoldi.

2017 yil 4 mart – Tayyorgarlik

“Barselona” – “Selta” (5-0). “PSJ”ga qarshi bahsga 4 kun qolganida Luis Enrike shogirdlari “kambek” uchun munosib tayyorgarlik ko‘rdi. La Liga peshqadamlariga munosib qarshilik ko‘rsatadigan “Selta” yirik 5-0 hisobida mag‘lub etildi. Lionel Messi esa “dubl-dubl”ga erishdi. 2 gol va 2 golli uzatma!

2017 yil 8 mart: “Porlash”

“Barselona” – “PSJ” (6-1). “Barselona” Unay Emeri jamoasiga qarshi aqlbovar qilmas o‘yinini namoyish etdi. Bu safar Messining o‘rniga Neymar o‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida katta sahnaga chiqdi. Messi bu safar penalti bilan cheklanib qoldi. Tarix bunday bellashuvni hech qachon unutmaydi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 10:21, 23.03.2017.
O'qildi: 10869 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.